www.ziyouz.com
kutubxonasi
143
Ahmad Mavlono oz fursatda azim tarbiyatlar topti va ko‘p kushodlar anga yuzlandi va aning
kamolotining ovozasi mashhur bo‘ldi va ko‘p toliblar aning suhbatida tarbiyat topib, kamolg‘a yettilar.
Va alardin biri Shayx Bahouddin Kubrodurki, og‘asi Donishmand Mavlononingki, oti Muhammad
erdi, tarbiyatin anga havola qildi. Va Shayx Bahouddin o‘z farzandining tarbiyatinki, oti Abulfutuh
erdi, Donishmand Mavlonog‘a havola qildi. Va hamono Xoja Abulvafo Xorazmiy q. s. xidmatlarig‘a
intisob Abulfutuhg‘adur, andoqki, o‘z silsilasi mashoyixining bayonida aytibdur.
N a z m:
[Fayz, irshod Rasululloh s. a. v.dan hazrat Aliga, u kishidan sirlar xazinasi Hasanga, u kishidan
Habibga, so‘ng Toiyga, so‘ng Ma’rufga, so‘ng Sariyga, so‘ng Junaydga, so‘ng ikki Abu Aliga, so‘ng
yaxshilar sirri-Mag‘ribiyga, bulardan keyin Abulqosimga, keyin Nassojga, so‘ng Imom Ahmadga,
so‘ng Suhravardiyga, so‘ng Ammorga, mazkur ulug‘lardan so‘ng yaxshilarning peshvosi, pok
kishilarning sarvarin – Shayx Najmuddinga, so‘ng Kamolga, so‘ng «Din va millat baho»siga, so‘ng
Muhammadga, so‘ng ulug‘lar faxri – Abulfutuhga yetdi]
1
.
478. Xoja Abulvafoiy Xorazmiy q. s.
Xoja Abulvafo xizmatlarig‘a tavhid arbobi va mavojid va azvoq ashobi so‘fiya mashoribidin shurbi
tamom bor ermish. Andoqki alarning rasoil va ash’oridin, bataxsis ruboiyotidin bu ma’ni zohirdur va
bu da’vo isbotig‘a necha ruboiy keltirilur.
R u b o i yo t:
[Garchi vasfingda ojizu hayronman,
Sen jon hayotiyu jonimsan.
Ko‘zimning nuri sensan – ko‘raman,
Aqlimning donoligi sensan – bilaman.
* * *
Toki tirik ekanman, sendan judo bo‘lmag‘ayman,
Bu mening mas’ud toleimga dalildir.
Agar yo‘qolgan bo‘lsam, zotingga g‘oyib bo‘lganman,
Mavjud esam, nuringda zohir bo‘lganman.
* * *
Haqning ba’zi botil zuhurotlari borki,
Kim ularni inkor etsa, johildir.
Butun borliqda haqdan boshqasini ko‘rgan –
Haqiqatlar haqiqatidan g‘ofildir.
* * *
U pinhonu jahon oshkoradir, irfon ahli buning aksini ko‘rdilar. Barcha oshkoru nihon Udirkim, Haq
ahdidin bo‘lsang hammasini faqat «Bir» deb bil!
* * *
Birdir U, lekin sen bilgan bir emas, ikkinchisi bo‘lmagan birdir U. Agar o‘zingdan kechib, uni
bilmoqchi bo‘lsang, biror dalilu hujjat Uni bildirolmaydi...
* * *
Gunoh qildim, uzrim gunohimdan yomon, bu uzrda uch narsani: vujudni, qudratni, fe’lni da’vo qilish
bekordir. Chunki qo‘rquv ham, kuch-quvvat ham Allohdandir]
1
. Va alarningg vafoti sakkiz yuz o‘ttiz
beshda ermish, r. t.
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
Do'stlaringiz bilan baham: |