432. Sulton Majduddin Tolba r. t.
Debdurlarki, cherikchi va sipohiy ermish. Va tarku tajridu tavakkulda yagona ermish. Darvesh
Muhammad Churgarki, abdoldin ermish va masjidi Jome’da bo‘lur ermish, bir kun ibriqidin suv
to‘kulgon ermish va o‘zi yotqon ermish. Masjid xodimi ul suvni ko‘rub sog‘inib-durqi, darvesh bavl
qilibdur. Ani andoq urubdurki, a’zosi majruh bo‘lubdur. Darvesh bir oh urubdur va ketibdur. Bir o‘t
paydo bo‘lubdur va masjidqa, chun yiqochdin ekandur, tutashibdur va andin ul bozorg‘a tu-shubdurki,
ani «jumlafurushlar bozori» der ermishlar. Sulton Majduddin Tolbag‘a bu xabarni beribdurlar, darvesh
keyincha boribdur. Chun anga yetibdur, debdurki, musulmonlarning shahrin ne uchun kuydurursen?
Darvesh yonibdur va ko‘zi ashkidin necha qatra ul o‘tka to‘kubdur, ul ut o‘chubdur. Bu ruboiyni
debdurki,
r u b o i y:
[Kechagi olov yonishni qalbimdan o‘rgangan edi,
agar ko‘z yoshlarim yordamga kelmaganda,
Hirotning barcha sotuvchilari kuyib ketardi]
1
.
Derlarki bir qatla azim sel keldi, andoqki, yaqin erdiki, Hirot shahrin suv eltkay. Sulton Majduddin
Todbog‘a ayttilar. Dedi: mening xirqamni sel ilayiga qo‘yun! Andoqki qildilar, sel filhol qaytti. Imom
Faxruddin Roziy aning zamonida ermish, aning suhbatig‘a taqarrubu tabarruk tilar erdi. Mazori Hiriy
shahrida Xushk va Feruzobod darbi orasidadur.
Va Shayx Mahmud Ushnuviy rahimahullohki, «G‘oyat ul - imkon va ma’rifat uz-zamon val makon»
risolasining musannifidur, aning gunbadida madfundur. Va bu Shayx Mahmud Mavlono Shamsuddin
Muhammad b. Abdulmalik Daylamiyning ashob va shogirdlaridindurki, muhaqqiqlarning akobir va
mashoyixidindur. Va haqiqatda ko‘p mufid musannafoti bor.
433. Abu Abdulloh Muxtor b. Muhammad b. Ahmad Hiraviy q. s.
Hirot mashoyixining akobiridindur. Zohir ulumi va botin ulumig‘a jome’. Valoyat va karomot iyasi.
Derlarki, qabri lavhida mundoq bitilgan topibdurlarki, ul ikki yuz yetmish yettida dunyodin o‘tubdur.
Ul debdurki, taomni andoq yegilki, sen oni yegaysen, yo‘qki ul seni! Agar sen oni yesang, barcha nur
bo‘lg‘ay va agar ul seni yesa, barcha dard bo‘lg‘ay va to‘nni andoq kiyki, ruunat va faxr va xayloni
sening nihodingda kuydurgay. Yo‘qki, ul illatlar o‘ti shu’lasin yorutg‘oy. Debdurki, har ishda bo‘lsang
andoq bo‘lki, Azroil boshingg‘a kelsa, ul ishdin o‘zga ishga borg‘uliq bo‘lmag‘oysen va bori holating
sening bila bo‘lg‘ay. Agarchi taom yemak bo‘lg‘ay, yo muboh amal qilmoq kerak. Botining
xolisanlilloh bo‘lg‘ay va niyating ul amalda Haq s. t. ning rizosi bo‘lg‘ay va shar’ rioyati. Debdurki,
Ubudiyat asli uldurki, zohirda andoq bo‘lg‘aysenki, sendin barcha shar’ zohir bo‘lg‘ay va botinda
andoq bo‘lg‘aysenki, anda g‘ayr yodining sig‘mog‘i bo‘lmag‘ay va anga murid va ashobki, karomat va
valoyat iyasi bo‘lg‘ay ko‘p erdi. Abu Ali Muxtor Alaniy Husayniy r. a. dek. Va ul sayyid imomg‘a
mashhurdur va pirining oyog‘i sari madfundur va faqih Abu Usmon Marg‘aziydekki, g‘oyat shavq va
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
117
so‘xtaliydin Shavqso‘xtag‘a mashhurdur va anga g‘aroib holot va ajib vaqoe’ ermish va Xonchabod
go‘ristonida Abduvohid b. Muslimning ayog‘i sari madfundur.
Do'stlaringiz bilan baham: |