355. Abulhusayn Solbih r. t.
Ani Shayx ush-shuyux derlar erdi. Sherozda erdi. Buzurg va ro‘zgorining yagonasi erdi. Abbos
Hiraviyning piridur. Jahon mashoyixi aning xonaqohig‘a kelur erdilar. Shayx Abu Muslim Fasaviy
ashobidindur. Sherozda xonaqohida o‘ttiz yil fuqaroyu masokin xidmatig‘a mashg‘ul erdi. Va sodiru
voridqa it’om qildi. Va ulamoyu sulahodin jam’i kasir aning xonaqohida mujovir erdilar. To‘rt yuz
yetmish uchda dunyodin o‘tti va xonaqohida dafn qildilar. Chun Shayx muhtazar bo‘ldi, xodimi Shayx
Abdulloh b. Abdurrahmonni yubordi, to aning kafani tartibin qilg‘ay. Ul bozorga borib, ikki kafan olib,
ikki mayyit tajhizin qildi. Chun keldi, Shayx o‘tib erdi. Shayxni quchti, valloh dedi va jon berdi. Va
ani Shayxning yonida dafn qildilar. Ul debdurki, muridqa bir mushuk farmonida bo‘lg‘an
yaxshiroqdurki, o‘z farmonida, nevchunki, g‘ayr bila suhbat Xudoy uchundur va o‘zi bila suhbat nafsu
havo uchun.
356. Shayx Imron Sulsiy r. t.
Suls bir kentdir Misr yaqinida. Ul anda bo‘lur erdi. Shayx ul-islom debdurki, Ibrohim a. s. tariyqi bu
erdikim, mehmonsiz nima yemas erdi. Uyin Abuzzifyon derlar erdi.
Shayx Amu debdurki, Nahovandiy mehmon bo‘lmag‘uncha qozon osmas erdi. Shayx Abbos Faqir
Hiraviy debdurki, Imron Sulsiy kunduz mehmonsiz nima yemas erdi. Ro‘za tutar erdi. Qachon
mehmon yetsa, aning bila taom yer erdi. Bir kun mehmon kechqurun yetishti. Chun soyim erdi va
shom yaqin erdi. Mehmonni so‘zga tutdi. To bila iftor qilg‘ay. Hamonoki, musofir och erdi va taomg‘a
intizor tortdi. Ul kecha Haq s. t. Imronning tushiga kirib dediki, ey Imron, sening bizning bila bir
odating bor erdi, yaxshi. Bizning dag‘i saning bila sunnatimiz bor erdi, yaxshi. Sen odatingni badal
qilding, biz ham sunnatimizni badal qilduq! Uyg‘ondi ranjur va qayg‘uluq. Oz o‘tmadikim, Misr
Voliysi Suls kentiga bir tarso omil yibordi va ul qattiq zulmlar qildi. Aidoqki, Shayx Imron jalo bo‘lib,
qochib, Misrga bordi va andin Sherozg‘a keldi. Shayx Abbos Faqir debdurki, Sherozda Shayx
Abulhasan Solbih xonaqosida erdikim, ul keldi g‘arib hol bila. Taajjub qilib, qo‘pub, ta’zim qilib,
yonig‘a o‘lturtdi. Hayrat va bexudlug‘i ul martabada erdikim, ko‘zn ichinda arz hasharotidin bir
ushoqroq jonvor boradur erdi. Shayx dedi: ul nedurki, ko‘zungda boradur? Shayx Imron dedi:
[ko‘zimda biror narsa bormi?]1. Shayx tilar ediki, ko‘p rioyatlar qilg‘ayki, aning xonaqohig‘a ko‘p
yitib, xizmatkorlig‘larin ko‘rgon erdiki, shoyad ba’zig‘a talofe bo‘lg‘ay. Shayx Imron turmadi va
dediki, muotab kishidurmen. Bo‘lmag‘oyki, meni tana’umda ko‘rub, beganmagoy. Boray va bosh o‘z
mehnatimg‘a qo‘yay, to xud ne kelgay. Shayx Abbos Faqir debdurki, necha kundin so‘ngra oni bir
buzuqda topdilarki, jon tarkin deb erdi va sichqon bir qulog‘in yeb erdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |