www.ziyouz.com
kutubxonasi
4
xayollarni xotirimdin chiqardi, ollimg‘a oncha dushvorlig‘lar yuzlandiyu tegramga oncha sa’b
giriftorlig‘lar aylandi va sipehr boshimg‘a oncha balo toshi ottiyu ishq sipohining lagadko‘bi zaif
paykarim bila so‘ngaklarimni oncha oyoq ostida ushattikim, ne so‘zumdin xabarimu ne o‘zlugimdin
asarim qoldi. Ishqim oshubi tug‘yonida har suubatkim yuzlanur erdi, chun bir hamdard rafiqim yo‘q
erdikim, dardimdin shammae izhor qilg‘aymen, biror bayt birla ul hol mazmunin nazm qilib
ko‘nglumni xoliy qilur erdim va jununum shiddati g‘alayonida har oshubkim, ollimg‘a kelur erdi, chun
hamzabon mushfiqim yo‘q erdiki, maxfiy o‘tumni oshkoro etgaymen, biror matla’ bila ul ma’noni ado
qilib, qattig‘ holimni sharh etar erdim. Bu vosita bila ko‘nglum o‘tig‘a orome va ishqim bedodi
nohamvorlig‘ig‘a andome hosil bo‘lur erdi.
Bu nav’ bila oz vaqtda ko‘p she’r aytildiyu har nav’ nazm tegramga yig‘ildi. Ishqim sho‘ru
g‘avg‘osi vaqtida va jununum toroju yag‘mosi fursatida xud qayda oncha taskinu somonim bor
erdikim, aytilg‘an parishon abyotqa jam’u tartib bera olg‘aymen va yig‘ilg‘an parokanda sharhi
holotqa rabtu qoida qo‘ya olg‘aymen. Chun ul ta’rixdin muddate o‘ttiyu ul vaqtdin fursate arog‘a kirdi,
falak havodisining ul qattig‘ esadurg‘on sarsari taskin tutti va ul ranju tashvirdin yillar ranjurluq
tortqan tandek, balki jonidin mahjur qolg‘an badandek chiqtim, nabzimg‘a harakat ma’dumu
nafasimning kirar-chiqari noma’lum, tanim o‘n qatla andin zaifroqkim nol va ko‘nglum bir zamon o‘z
holida bo‘lsa, yana o‘n soat behol.
Va ikki murattab bo‘lg‘an devonlardin yangi aytilg‘an abyot adadi aksar va har bayti lafzu ma’no
bila darjlig‘ gavhar demaykim shu’lalig‘ ozar; xotirg‘a kelur erdikim, agar bu avroqqa rabtu tartib
berilmasa, bir havodis tundbodi eskach, har sahfasin bir yon sovurg‘ay va agar bu gulbarglarni zebu
oyin bila bir guldasta bog‘lanmasa, bir navoyib nasimi yetkach, har varaqin bir yon uchurg‘ay. Va agar
rabtu tartibini havas qilsam, havasimg‘a qayda ul quvvatki, ikki baytni bir-biriga marbut bog‘lashtura
olg‘ay va xayolimda qayda ul jamiyatu holatki ikki lafzin bir-biriga yarashtura olg‘ay. Bu ajzdin
xomam tili lolu bu zabunluqdin o‘z tilim shikasta maqol erdikim, nogah inoyat nasimi hidoyat gulshani
royihasin yetkura kirishti va saodat munhiysi davlat ravzasi mujdasin keltura boshladi, ya’ni hukmi
qazojarayonu farmoni vojib ul-iz’on bu banda otig‘a ul Sultoni sohibqirondin yetishtikim, qullari
hukmidin azim ush-sha’n salotin bosh torta olmaslar va bandalari farmonidin nofizi farmon xavoqin
bo‘yun to‘lg‘ay olmaslar.
R u b o i ya:
Shohiki, falakka yetsa farmoni aning,
Topmoqqa sukun sur’ati davroni aning.
Gar hashrg‘a tegru bo‘lsa poyoni aning,
Qilmoq harakat bo‘lmag‘ay imkoni aning.
R u b o i ya:
Ming bandasi xoqon bila qaysar yanglig‘,
Yuz chokari Dorovu Sikandar yanglig‘.
Ham taxtig‘a poya charxi ahzar yanglig‘,
Ham tojig‘a qubba mehri anvar yanglig‘.
R u b o i ya:
Mavrusiy qul jinsi baniy Odam anga,
Meros ila mulk jumlayi olam anga,
Hayron karamu jud ishida Hotam anga,
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |