www.ziyouz.com
kutubxonasi
6
Bu yanglig‘ falaktazyin dargohdinu bu nav’ arshoyin bargohdin xitobi sadmatomizu hukmi
hayratangiz yetishti. Mazmuni bukim, ey qadimiy bandayi xosu ey boyiriy xodimi zaviy-ul-ixtisos,
burung‘i ikki devonkim, bizning hukmu xitobimiz bila murattab qilding va kulliyotu juzviyotin bizning
mashvaratu ta’limu istisvobimiz bila tuzattingkim, birining ishqomiz abyotidin bu eski dayrning rafi’
toqida ushshoqning sho‘ru g‘avg‘osidur va yana birining shavqangiz g‘azaliyotidin bu qadimiy mani’
gunbad ravoqida muhabbat ahlining xo‘yu alolosi. Andin so‘ngra yig‘ilg‘an ash’orningu nazm
rishtasig‘a tortilg‘an durri shahvorning adadi burung‘i devonlardin ortqan chog‘lig‘durur va bu latofati
sifoti xo‘blar va malohati simoti mahbublar bila yana ikki devon tartib bersa bo‘lurdek ma’lum
bo‘ladur. Netgungdurkim, bu ishdin dilbandroq bo‘lg‘ayu ne qilg‘ungdurkim, bu shug‘ldin
sudmandroq bo‘lg‘ay. Emdi avlo budurkim, bu g‘arib ishga ko‘ngul kelturgaysen, balki hukm bu
erurkim, bu ajib amrg‘a xoma surgaysenu tafakkur xilvatgohida xayol sho‘xu ra’nolari bila bazm
tuzgaysen va to falak gardish qilur bashar jinsining xayolig‘a kelmagan a’jubani elga ko‘rguzgaysen.
O‘zung bilursenkim, nazm harimining xoslariyu she’r bahrining g‘avvoslarikim, ruhparvar navolig‘
anfoslaridin zamona bazmi to‘lubtur va xayol daryosidin chiqarg‘on qiymatiy guharlaridin davron
libosi javohir bila murassa’ bo‘lubtur, hech qaysi olamning rub’i maskunin ola olmaydur va to‘rt
gavhardin murakkab bo‘lg‘an bashar xayli hech qaysidin to‘rt devon yodgor qolmaydur. Bir o‘z asrida
ganji ma’naviy Amir Xusrav Dehlaviyni derlarkim, sulton Malikshoh Alp Arslon otig‘a to‘rt devon
murattab qilmish bo‘lg‘ayu xotimasini aning oti bila muzayyal etmish bo‘lg‘ay va bu ishi ul
zamonning yaxshi-yomoni qulog‘iga yetmish bo‘lg‘ay, agarchi bu so‘z mazkurdur, ammo ul devonlar
ma’dumdur va ul ma’dumlarning agarchi asomiysi mavjuddur, ammo vujudi noma’lumdur. Xayolig‘a
o‘tkarib, varaqqa nigorish qilmag‘anmu erkin, yo tiliga kechurub, tartib yuzidin nasaqqa guzorish
bermaganmu erkinkim, «Xamsa»siyu soyir manzum kutubu rasoili o‘z holi bila mavjuddur. Bu to‘rt
devoni zamon ahlidin mehru vafo va insofu muruvvatdek nobud. Chun senga tavfiq madad qilipturu bu
maqsudning hech kimga yig‘ilmag‘an moddasi yig‘iliptur, tilarbizkim, fursatni g‘animat bilgaysenu bu
muddao husulig‘a rag‘bat qilg‘aysen.
Bu hukm chun qulog‘img‘a yetishti, ajzu zabunluq o‘tining dudi ko‘nglumdin dimog‘img‘a
yetishtikim, hukm qaviy erdiyu mahkum zaif va amr bag‘oyat kulliy erdiyu ma’mur asru nahif va
ra’sha paykarimg‘a tazalzul soldiyu xavosu xayolim xayli bir-biridin qo‘zg‘aldi. Ne uzr ayturg‘a
zahravu jur’atim va ne qabul qilurg‘a havsalavu quvvatim, agarchi uzr dilpazir emas erdi, ammo o‘z
ajzi holimni arzg‘a yetkurmakdin ham guzir emas erdi.
R u b o i ya:
Dedimki, bu ishdakim, bo‘lurmen ma’mur,
Har nechakim tutmasam o‘zumni ma’zur,
Lek ishtaki, ajdahog‘a kelturgay zo‘r,
Zo‘r etkay o‘ziga, istasa qilmoq mo‘r.
Ul humoyun zamirning oyinayi getiynamoyida ravshanu paydodur va ul pokiza ko‘ngulning jomi
jahonoroyida mubarhanu huvaydokim, bu bandayi faqirg‘a ne notavonlig‘lar shikast berdiyu bu zarrayi
haqirg‘a ne sargardonlig‘lar dast berdi. Agarchi marazimg‘a sihhat umidi paydo bo‘luptur, ammo
hanuz g‘izo bila sharbatkim, ichilur, yeyilur, misqol tarozusi bila tortilur va tongdin aqshomg‘acha soat
shishasig‘a ko‘z tikilur va agarchi za’-fimg‘a quvvat imkoni zohir bo‘luptur, ammo hanuz buzug‘
koshonamdin chiqarg‘a qo‘pmoq tilasam, osilg‘an idbori ankabut torlari dastgirim bo‘lub madad
yetkurmaguncha, tebranmakka tobu tavon va harakatqa maqdur, balki imkon yo‘qtur; pashsha yuz pili
damon torta olmag‘an yukni nechuk tortqay, bataxsiskim, majruhu ranjur dag‘i bo‘lg‘ay, mo‘rcha ming
sheri jiyon qila olmag‘an ishni nechuk qila olg‘ay, xususankim, bemoru sihhat tariqidin mahjur dag‘i
bo‘lg‘ay.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |