www.ziyouz.com
kutubxonasi
97
Agarchi elga bor andin malolat,
Mening hech anda yo‘qtur ixtiyorim
Ki, ollimg‘a yozibtur Kirdigorim.
Bilurmen mushkul ishdur asru, lekin
Qila olmon qazo o‘tini sokin.
Kerakkim aylasang Xoqong‘a taqrir,
Mening ollimg‘a kelturganni taqdir.
Atoliq haqqi chun bordur apoda,
Ijozat istaram bu mojapoda.
Dag‘i yo‘lumg‘a himmat zod qilsun,
Va gah-gohi duoda yod qilsun.
Aning himmat bila gar bo‘lsa yodi,
Shak ermas tormog‘im bu ish kushodi.
Ijozat bermasa Tengri tonuqdur,
Haq ollinda bu asrorim ochuqdur
Ki, besomon bo‘lub bechoraliqdin,
Guzirim yo‘qturur ovoraliqdin.
Olib boshim, demay obod ila cho‘l,
Hamul maqsad sori tutqum durur yo‘l.
Yo‘lumda devdur, gar ajdahodur,
Tilism ichra agar yuz ming balodur,
Yumub borcha tahoshidin ko‘zumni,
Ul ofatlarg‘a urg‘umdur o‘zumni.
Ishim chun man’ ko‘yidin yiroqdur,
Ijozat bo‘lsa shahdin yaxshiroqdur».
Bu muhlik ruq’a chun irod qildi,
Yana muhlik qasam ham yod qildi
Ki: «Yo‘l tormas bu maqsudimg‘a tag‘yir,
Sen emdi sa’y etarda qilma taqsir».
Chu Mulkoro eshitti bu fasona,
Chekib ko‘nglidin ohi bexudona.
Malomat aylabon aytay desa rand,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |