www.ziyouz.com
kutubxonasi
93
Nechakim shoh etib ko‘rrak taammul,
Bo‘lub shahzoda ko‘rrak betahammul.
Shah aylab necha ul ishga nazora,
Torilmay rostlig‘din o‘zga chora.
Dedikim, quflin oning ochtilar bot,
Ichidin chiqti bir raxshanda mir’ot.
Safo bobida mehri xovariy ul,
Ne mehr, oinai Iskandariy ul.
Sadafda durri bayzochehr yanglig‘,
Falak sanduqi ichra mehr yanglig‘.
Hakimikim nigor aylab tirozin,
Yozib keynida maxfiy borcha rozin
Ki: «Bu mir’otkim, getinamodur,
Anga xurshedcha nuru safodur.
Erur Iskandari Rumiy nigori,
Jahon ahlig‘a oning yodgori
Ki, aylab to‘rt yuz dono bilan jahd,
Alardin har bir Aflotung‘a
3
hamahd.
Sirehr ahvolining sohibvuqufi,
Jahonning korbandu faylasufi.
Tanib afloku anjum toliin tuz,
Bu ko‘zgu san’atida qo‘ydilar yuz.
Necha yil ranj tortib bemadoro,
Bu raykar naqshi bo‘ldi oshkoro.
Bu ko‘zgukim erur hikmat jahoni,
Tilismedur shigarf anda nihoni
4
Ki, har kim ochmog‘ig‘a sa’y qilsa,
Aning sa’yi bila bu ish ochilsa.
Kelib ko‘zguni yerdin olsa filhol,
Safolig‘ chehrig‘a ko‘z solsa filhol,
Nekim umrida andin turfaroq ish,
Emas mumkin, agar xud no‘shu gar nish
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |