«Saddi Iskandariy»
Reja:
1. Dostonning originalligi.
2. Doston kompozitsiyasi.
3. Dostondagi Iskandar timsoli.
«Saddi Iskandariy» Navoiy ijtimoiy-siyosiy qarashlarining yorqin badiiy
ko`zgusidir. Adolatli va ma`rifatparvar podsho boshchiligidagi markazlashgan
davlat uchun kurash dostonning asosiyg`oyaviiy motividir. Navoiy dostonda
adolatli va ma`rifatparvar shozning mukammal qiyofasini ko`rsatgin, o`zining
ijtimoiy siyosiy qarashlari, orzu-intilishlarini badiiy mukassamlashtirishni o`z
oldiga maqsad qilib qo`yadi.
Iskandar nomi ostida, odatda, yaqin va o`rta Sharq mamlakatlarida Iskandari
Zulqarnayn, Iskandari Rumiy yoki Iskandar Maqdon deb yuritiladigan Aleksandr
Makedonskiy tasavvur qilinadi. Biroq Navoiy qahramoni bilan tarixiy Iskandar
o`rtasida ayrim o`xshash belgilar bo`lsa-da, Navoiy Iskandari mutloqa tarixiy
Iskandar Navoiy orzu qilgan adolatli va ma`rifatparvor ideal podshoning xayoldagi
romantik timsolidir. Buning uchun Aleksandr Makedonskiy va uning badiiy
adabiyotda an`anaviy bir timsolga aylanishi haqida qisqacha bo`lsa ham aynib
ftishga to`g`ri keladi.
Aleksandr Makedonskiy (356-323 yillar) qadimgi dunyoning mashhur
lashkarboshisi va davlat arbobidir.
Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin ko`p o`tmay uning hayoti va harbiy
yurishlari haqidagi Kliparx va Oneskrit asar yaratadilar. Bu asar grek yozuvchisi
Plutarxning (46-126) Makedonskiy haqidagi tarixiy-biografik asarlar bilan bir
qatorda yaratildi. Afsona va rivoyatlar paydo bo`la boshladi.
X asrdan boshlab Iskandar timsoli yozma etik she`riyatning an`anaviy
timsoli sifatida takominlashib bordi. X asrning buyuk san`atkori Firdavsiy
«Shahnoma»da Iskandar haqida maxsus doston yaratdi. Firdavsiy dostonining
asosini Iskandarning qahramonlik, ko`proq fantastik, sarguzashtalari tashkil qiladi.
Firdavsiy Iskandarning Doroga (ahmoniylar sulolasi) qarshi jangi, Hindiston,
Miyor, Hitoy va boshqa mamlakatlarga yurishi zulmatga kirishi,g`ov qurib, ya`juj-
ma`nunlarning yo`lini to`sishi, turli dohshatli hayvonlarga qarshi jangi va
boshqalarni hikoya qiladi.
Nizomiyning «Iskandarnoma»si bilan Iskandar timsoli yaqin va O`rta Sharq
xalqlari adabiyotida yangi taraqqiyot pog`onasiga kutarildi va Xamsachilikning
an`anaviy timsoli bo`lib qoldi. Nizomiy Iskandar timsolida adolatli podsho
qiyofasini tasvirlashni maqsad qilib qo`ydi. U tariyxiy asarlardan, xalq og`za
badiiy ijodidian keng foydalandi. Biroq Nizomiy fantastik sarguzashtlarni
kamaytirib, Iskandarning faoliyatini va Iskandar timsolining ichki mohiyatini
«o`laroq va mukamlaxroq yoritishga intiladi. Shoir Iskandar timsolini, to`g`rirog`i,
bu timsoldan tutilgan maqsadni o`z zamonasi va zamini bilan bog`laydi.
Nizomiydan taxminan 100 yil keyin 1300-1301 yillarda ulug` hind shoiri
Amir Xisrav Dehlaviy «Oynan Iskandariy» dostonini yaratadi. Nizomiyning
Iskandar haqidagi tariyxiy-afsonaviy manbalardan mukammal foydalanganini qayd
etgan Xisrav Dehlaviy o`z dostoni syujetida asosan «Iskandarnoma» voqealariga
tayanadi. Lekin, shu bilan birga, u «Iskandarnoma»dan xiyla erkin foydalanib,
dostonga bir qator yangi hikoya va timsil-timsollar kiritadi Xisrav Dehlaviy
Nizomiy dostonining kompozitsiyasini xiyla mukammallashtiradi. Oynan
Iskandariy»ning tili ancha sodda, uslubi ravon bo`lib, fors-tojik tilida yaratilgan.
Dostonning yana boshqa fazilatlari ham bor. Bu birinchi galda Xisrav
Dehlaviyning tabiatni, uning hodisalari va ujurlarini, ilohiylikni tasvirlashdagi
mahoratida ko`sinadi.
Xullas, Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonicha qadar Iskandar timsoli
uzoq asrlar davomida murakkab takomil bosqichini kechib utib, Xamsachidlikning
an`anaviy timsoliga aylandi. Navoiy Iskandari ana shu adabiy an`analar
taraqqiyotida yangi va ulkan hodisa bo`ldi.
Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandarning to`g`ilishi, yoshlik
yillari, ta`lim-tarbiyasi, Faylaqusning vafoti va Iskandarning taxtga chiqish uning
Dora bilan to`qtashuvi, Eronni egallab olib, u erda adolat o`rnatishi,
Kashmirga yurish qilib zolim Malluni engishi, Hind shohi va Chin xoqoni bilan do`stona
bitishuvi, Mag`ribda vahshiylarga qarshi jongi, Kirvon o`lkasida ya`nun va
ma`junlarning yo`lini to`sish uchun sad-devor barno etishi hamda dengiz sayohati
Iskandar sarguzashtalarining asosini tashkil qiladi.
A.Navoiy Iskandar timsolini tayyor holda bermaydi, uni voqealar rivoji
bilan birga pog`onama –pog`ona o`stirib, tokomillashtirib boradi. Bu
jihatdanNavoiiyning Iskandari Dehnaviynikidan farq qilib, Nizomiy qahramoniga
yaqin turadi.
Navoiy shohzoda Iskandar obraziga, uning go`daklik yillari, ta`lim-tarbiyasi
va bolag`otga etishishga katta e`tibor berldi. Shahzoda toji-taxt va mol-davlatga
emas, balki ilm-fanga, olijanob insoniy fazilatlarni egallashga intiladi.
Alisher Navoiyning nasriy asarlari Xuroson va Movaraunnahrda yaratilgan
fors va qadimgi o`zbek tilidagi turli janr va har xil mavzudagi nasriy asarlar
zaminida yuzaga keldi. Lekin Navoiy buyuk daho sifatida shunday asrlar yozdiki,
ularda, bir tomondan, fors-tojik adabiyotidagi nasr ilg`or an`analarining yangicha
talqini va ravnaqi o`z aksini topdi. Ikkinchidan, o`zbek tilida nasrning nazmga
nisbatan bir muncha sust rivojini nazarda tutgani, shunungdek, nasrning
imkoniyatlari nazmga nisbatan anchayin kengligini chuqur tushungani holda
Navoiy o`zbek adabiyotini o`n beshga yaqin nasriy asarlar bilan boyitdi.
Navoiygacha bo`lgan fors tilidagi nasr asosan tarixchilar tomonidan, qisman
esa didaktik va ilmiy yoki yarim ilmiy adabiyotda qo`llandi.
Bu davrdagi o`zbek tilidagi nasrning shakllanishi va taraqqiyoti Alisher
Navoiy nomi bilan bog`liqdir.
Navoiy o`z nasriy asarlarini yaratar ekan, hech shubhasizki, o`zigacha
bo`lgan va o`z davridagi nasrning eng yaxshi xususiyatlarini o`zlashtirib, o`z ona
tilida ulardagi ilg`or traditsiyalarni yanada rivojlantirishga alohida ahamiyat bilan
qaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |