www.ziyouz.com
kutubxonasi
98
Ko‘rubkim, rand eshigin aylamish band.
Ne so‘zdin istasa tutmoq qo‘lini,
Ko‘rubkim bog‘lamishdur so‘z yo‘lini.
Ajab nav’ onglabon ul surati hol,
Qolib ojiz dam urmoqdin, bo‘lub lol.
Vujudin aylabon bu shu’la nobud,
Yetib ko‘k gunbadiga ohidin dud.
Ko‘zi bu dud ranjidin yoshorib,
Qupub yig‘layu shoh ollig‘a borib.
Tilab xilvat, kirib xoqon qoshig‘a,
Mudovo aylay olmay ko‘z yoshig‘a.
Ko‘rub ayturda ranji benihoyat,
Qilib har ne eshitkanni hikoyat,
Chu onglab shoh aning bu mojarosin,
Urub ko‘ksiga, chok aylab yaqosin.
Ikav ul mehnati anbuh birla,
Base yig‘lashtilar anduh birla,
Chu ko‘p qildi jaza’ shohi zamona,
O‘pub tufrog‘ni dasturi yagona.
Bo‘lub dardig‘a bir-bir chorarardoz,
Nasihat qildi sokin-sokin og‘oz
Ki: «Shoho, har ne sabt o‘ldi qazodin,
Torilmas chorae o‘zga rizodin.
Bukun chun shah zamonning a’qalidur,
Munavvar ko‘ngli davlat mash’alidur
1
.
Ne hojat aytmoqkim chun tushar ish,
Jaza’din behdur o‘lmoq choraandish.
Xirad gar bo‘ldi ersa chorarayvand,
Natija choradin torqay xiradmand.
Gar o‘lsa chorag‘a taqdir mone’,
Kerak bo‘lmoq qazo hukmig‘a qone’».
Dedi shah: «Yey saodat sham’i roying,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |