www.ziyouz.com
kutubxonasi
56
Qilib shahzoda har qaysig‘a ta’miq,
Bo‘lub kayfiyati ollinda tahqiq.
Chu hal bo‘ldi bo‘lub bir dam tarabliq,
Bo‘lub raf’ ul ajab ishdin ajabliq,
Ne shaklikim ketar ashkoli oning,
g‘aroyib ichra qolmas holi oning.
Bular birla dog‘i shohi jahongir
Chu aylay olmadi bu ishga tadbir.
Bo‘lub bechora ko‘p qildi taammul,
Yana bir o‘zga ish qildi taxayyul,
Ki, qilg‘ay to‘rt oliy qasr bunyod,
Bo‘lub har fasl bir qasr ichra Farhod.
Tuzub ul qasrda ishratqa asbob,
Farog‘at birla no‘sh etgay mayi nob.
Yasab har qasrning davrinda bog‘e.
Ki bo‘lg‘ay har gul andin shabcharog‘e.
Topib ul fasl rangin ahli nirang,
Muvofiq aylagaylar qasrini rang.
Bahoriy qasrining tuzgach asosin,
Olib gullar jamolidin qiyosin.
Buti gulchehradek shang aylagaylar,
Yuzidek oni gulrang aylagaylar.
Yana qasreki tobistoniy o‘lg‘ay,
Tana’umning saro bo‘stoni o‘lg‘ay.
Qilur ul fasl bargu sabza ohang,
Tanosub birla qilg‘aylar yashil rang.
Yana bir qasrkim bo‘lg‘ay xazoniy,
Chu bor ul fasl rangi za’faroniy.
Anga bu rang ila bergaylar oyin,
Qilib zarkorlig‘ birla har oyin.
Yana bir qasrni aylab shitoyi,
To‘shab kofurgun jinsi xitoyi.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |