www.ziyouz.com kutubxonasi
52
Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm,
Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm.
Bo‘lub o‘n yoshqa umrining mururi,
Yigirmi yoshcha qaddu jismu zo‘ri.
Ulum avroqi chun bir-bir yorildi,
Dilovarliq silohi mayli qildi.
Chu oz fursat anga mayl etti zohir,
Qayu bir mayli qilg‘och bo‘ldi mohir.
Olib qavsi quzah chekmakka qullob,
Turub mashriq etib mag‘ribg‘a rartob.
Qaro tun gar nishon aylab Suhoni
7
,
Falakcha novakig‘a ul nishoni.
Debon Turki falak
8
otqonda zihlar,
Tavahhum toridin ochib girihlar.
Qilichi zarbasi ollinda har marz,
Shikof andoqki suvdin yer aro darz.
Ne yer, tog‘iki kisvat qildi xoro
Bu kisvatdin qilib darz oshkoro.
Qilib gar hamla Alburz
9
uzra bir gurz,
Bo‘lub gardu chiqib gardung‘a Alburz.
Yevurgach nayzasin davri falakvor,
Bo‘lub qalqon o‘ziga charxi davvor.
Tubo mixi bila sonchib samakni,
TEshib no‘gi bila davri falakni.
Chu maydon azmig‘a solib takovar,
Buzug‘luq boxtardin to ba xovar.
O‘tub ko‘k bodroyidin samandi,
Tushub Bahrom
10
bo‘ynig‘a kamandi.
Yeti gardung‘a ofat shashraridin,
Bo‘lub suv hut
11
bag‘ri xanjaridin.
Asad bo‘ynin uzub sarranja birla,
Zabuni bir asad
12
har ranja birla.