Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet376/392
Sana15.02.2022
Hajmi0,87 Mb.
#450057
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   392
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
392
h. k. 
4. Hisn – kadimgi yahudiylar yashagan Madinaga yaqin qishloqning nomi. Bu so‘z asosan 
panohgoh qo‘rg‘on, istehkom, qal’a ma’nosida ishlatiladi. Shoir bu yerda Mehinbonu saroyini ko‘zda 
tutmoqda. 
5. Ba’zn tadqiqotchilar Mehinbonu Shirining ammasi, deb yozadilar. Bu baytda u Shiringa xola 
(xoharzoda – opa yoki singilning farzandi) ekanligi aniq aytiladi. 
6. Ayn ul-hayot – ayn. hayot bulog‘i. Bu yerda shoir ta’rificha, Shirin kelib, ko‘ngil ochib 
ketadigan buloqning nomi. 
7. Yigoch– yog‘och, bu yerda uzunlik o‘lchovi ma’nosida bo‘lib, bir yig‘och – taxminan sakkiz 
km.dan ortiqroq. 
8. Baytning mazmuni: mashaqqat zo‘rligadan yigitlarni ko‘rganlar chol (qori–qari), deydi, lekin 
qazilgan yer esa ikki-uch yuz quloch (qori) keladi. Shoir bu yerda «tajnis san’atidan istifoda etadi. 
9. Baytning keyingi misrasida shoir foydasiz va imkonsiz ish uchun urinishning behudaligi haqida 
so‘z yuritadi. U «Ohani sard kuftan» (sovuq temirni o‘yish) degan xalq maqolidan foydalanib, «irsoli 
masal» san’atini ishlatadi. 
10. Baytning mazmuni: temirchidan dam bilan ko‘ra oldi, beliga charm partug‘ (tanura) bog‘ladi. 
11. Bu va avvalgi bayt mazmuni: tog‘ kamarini qazish uchun kerak bo‘lgan bir necha gurzi va bir 
necha asbob charxlaydigan tosh (sunboda) tayyorladi. Ularning barchasiga Qorandan yashirincha 
o‘rganib olganidek, yaxshilab suv berdi. 
12. Baytning mazmuni: u qo‘lining zarbi bilan tesha urganda, ovozi (orig. farrasti) o‘n yog‘och 
masofaga yetar edi. Shoir bu yerda «g‘uluv» san’atini qo‘llagan. 
13. Bu va keyingi bayt mazmuni: tog‘ qazuvchilar ham, bu ishlarni boshqaruvchilar (orig. kor 
farmov) ham Mehinbonu qoshiga borib, ko‘rmagan odamning bu ishlarga aqli inonmaydi deya xa bar 
qilmoqchi bo‘ldilar. 
XXXI 
Bob sarlavhasida Farhodning tog‘ni pora-pora qilayotgan teshasi ovozini eshitgan Shirinning 
uning qoshiga kelishi, Farhod Shirinni ko‘rishi bilan hushidan ketgani, Shopurning bundan behad 
kuyib yongani va Farhodni saronga olib ketishgani bayon etiladi. 
1. Havvo – diniy rivoyatlarga ko‘ra, insoniyatning onasi – Momo Havo. Shoir bu yerda 
Mehinbonuga Havoga o‘xshatadi. Uning Shirin xonasiga kelishini Momo Havoning jannatda makon 
tutganiga nisbat beradi. 
2. Janibat – podshohlar biror yerga dabdaba bilan chiqqanda ehtiyot uchun birga olib yuriladigan 
ot. Bu yerda shoir umuman ot surishni, otda borishlikni ko‘zda tutmoqda. 
3. Baytning mazmuni: arig‘ni qazish uchun yuz ganj sarflagan edim, suvi kelmasdan burun qo‘l 
yuvib edim. Shoir bu yerda «istiora» san’atini ishlatib, «qo‘l yuvmoq»ni «voz kechmoq», «qo‘l 
tortmoq» ma’nosida keltiradi. Ayni choqda shoir suvi yo‘q ariqdan qo‘l yuvish tushunchasi bilan esa 
«mumtane’» san’atini vujudga keltiradi. 
4. Bu baytda shoir Shirinni – parivash, uning otini devpaykar – dev gavdali deb ta’riflaydi. Bu ot 
unga Shirin mingach, parikash – parini olib boruvchi bo‘ldi, deydi, Natijada baytning ikki misrasida 
shoir «talozum» san’atini yaratadi. 
5. Gulgun – Shirin otining nomi. Bu baytda shoir «ot» so‘zini ikki ma’noda (nom va ot) ishlatib, 
«ihom» san’atini qo‘llaydi. Ot so‘zining har ikkala ma’nosi ham bayt mazmunini yaxshi ochishga 
xizmat qiladi. 
6. Bu bayt mazmuni: jahon bog‘ida uningdek (ya’ni Gulgun dek) tez yurar ot yo‘q edi. U 
gulbargini eltuvchi sabodek yelar edi. Shoir bu yerda Shirinnn gulbargga, otini esa saboga o‘xshatib, 
«tashbih» san’atinnng ajoyib namunasini yaratadi. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish