www.ziyouz.com
kutubxonasi
389
1. “Koniyan minkon” – arabcha: kon boyligi kondan, degan ma’noni bildradi.
2. Sayrafiy – arabcha: «sarrof» so‘zidan, zarshunos, qimmatbaho toshlarni baholovchi.
3. Bu va keyingi baytda, tongni Suqrotga, nur uning jamoliga, quyosh usturlobga, osmon qog‘oz
varag‘iga o‘xshatilib, shu bobning o‘ziga muvofiq va boshqa boblardagidan tamoman farq qiladigan
tong tasvirini beradi (Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. 131).
4. Bu va keyiigi baytlarda Navoiy Suqrot yashaydigan joyning manzarasini beradi. U g‘oyat quyuq
bo‘yoqlarda obrazli qilib juda baland mahobatli, o‘rkachli tog‘, unda o‘sib yotgan ulkan daraxtlar, tog‘
cho‘qqilaridagi qorlaru, uning bag‘rida yurgan hayvonlar, chashmalaru g‘orlar, daryolarni ta’riflaydi.
Bu shoirning peyzaj tasviridagi romantik uslubiga yorqin misoldir.
5. Sidra – sttinchi osmondagi afsonaviy daraxt.
6. Payg‘ora – g‘or.
7. Usturlab (astrolyabiya) – Sharq astronomiyasida quyosh va yulduzlarning yuksakligini
o‘lchaydigan asbob. Bu yerda shoir Suqrot g‘oridagi o‘rgimchaklarni shu asbobga o‘xshatmoqda.
8. Bu va keyingi baytlardan ma’lum bo‘lishicha, Suqrot Xoqonga ikki javhar inoyat qiladi: biri –
uning umri uzun bo‘liishi, ko‘p o‘lkalarni fath etishi, behad boyliklarga ega bo‘lishi haqidagi bashorat;
ikkinchisi – bir muhra (soqqaga o‘xshagan narsa) bo‘lib, xastalik yuzlanganda og‘izga olib
aylantirgach, suvini yutilsa, dard chekinadi, kuch-quvvat paydo bo‘ladi, odam yasharib ketadi.
9. Bu bayt mazmunida Suqrot Mulkoroga: – oldingizda bir xatar bor, u anosirning (arabcha: to‘rt
unsur bo‘lib, suv, o‘t, shamol va tuproq) ikkitasi – shamol va suv tufayli yuz beradi, deyiladi.
10. Nuh – diniy aqidalarga ko‘ra, juda uzoq umr ko‘rgan payg‘ambar, uni ba’zi manbalarda Odami
Soniy (ya’ni ikkinchi Odam Ato) ham deyiladi. Rivoyatlarda keltirilishicha, Nuh davrida 40 kecha va
40 kunduz sel yog‘adi va butun dunyoni tutib ketadi. Shunda u o‘z yaqinlarini, tarafdorlarini va har
hayvondan bir juftdan kemaga solib oladi. Dunyo suvga g‘arq bo‘ladi, yolg‘iz Nuh kemasi omon
qoladi. Toshqin chekilganda Nuh kemasi Ararat tog‘ining bir cho‘qqisida qoladi. Go‘yo Nuhning
o‘g‘illari dunyodagi asosiy qabilalarni yaratgan emishlar. Shoir bu o‘rinda Suqrot tilidan Farhodga
qarata garchi hayoting Nuh umricha bo‘lsa ham o‘lim barhaq, deydi.
11. Majoziy ishq – zohiriy insoniy ishq.
12. Haqiqiy ishq – tasavvufda Xudoga bo‘lgan muhabbat nazarda tutiladi.
13. Baytning mazmuni: Farhod undan ayrilib faryod chekdi, u esa Sulayho kabi uzun yo‘lga tushdi.
Ya’ni Suqrot ham Suhaylodek hayotdan ko‘z yumdi.
14. Bu misra ikki ma’noni anglatadi: birinchisi – quyoshdek porloq Suqrot dafn etildi; ikkinchisi –
quyosh botdi, kun qaytdi.
15. Luqmon – ba’zi tarixiy manbalarda payg‘ambarlar, ba’zilarida esa hakimlar sirasida keltiriladi.
Rivoyatlarga qaraganda, rangi qora xabash bo‘lgan. U kimningdir quli bo‘lib, ozod bo‘lishi haqida bir
qancha rivoyatlar bor ekan. Jumladan, Luqmonning xojasi – qo‘y so‘yib yaxshiroq a’zosini pishirib kel
deb buyuribdi. Luqmon qo‘yning yurak va tilini keltiribdi. Boshqa safar xojasi – qo‘y so‘yib yomonroq
a’zosini pishirib kel, – debdi. Luqmon yana yurak va tilni keltiribdi. Xoja buning ma’nosini so‘raganda
Luqmon debdi: ko‘ngul noloyiq fe’l-atvordan, til keraksiz so‘zlardan beri bo‘lsa ulardan yaxshiroq
a’zo yo‘qdir, agar bo‘lmasa, ulardan yomonrog‘i yo‘qdir. Luqmon hikmatlaridan 4000 tasi yig‘ilgan
ekan. Shundan ikkitasini doim yodda saqlab ikkitasini unutish kerak emish. Chunki avvalgi ikkisi –
o‘zi qilgan yaxshiliklar, keyingi ikkitasi boshqalar qilgan yomonliklar haqida emish. Qadimgi
manbalar Luqmon bilan bog‘liq ba’zi rivoyatlarni mil. av. VI asrda yashagan yunon masalchisi Ezopga
nisbat beradilar.
Shoir bu yerda Luqmonning xabashligiga ishora qilib, majoz yaratadi va tun qorong‘iligi haqida
fikr yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |