www.ziyouz.com kutubxonasi
279
Sekiz gul bargi birla betaammul,
Sarig‘ gul uzra oqizdi qizil gul
3
.
Bo‘lub barmoqlari qondin hino rang,
Vale la’li qururdin kahrabo rang.
Sirishki qoni yuz qonida oqqon,
Hamonokim yur erdi qon bila qon.
Bo‘lub gulgun hariri chok elidin,
Nechukkim gul yaqosi tong yelidin.
Kelib gulgun hariru rarniyoni
Qolog‘ay chun oqib har yerda qoni.
Urub gulgun yaqo chok aylaguncha,
Bo‘lub zohir gul ichra ikki g‘uncha.
Dema g‘uncha, iki raykon de oni,
g‘am o‘qi ko‘ksidin o‘tkan nishoni.
Iki nargis aro yuz qatra lola,
Sovuq ohi bila gulrang jola.
Ochib sunbulni gulbargi tar uzra,
Savodi shom mehri xovar uzra.
Sochi shominki aylab mehru mah ro‘sh,
Yuzin ul so‘gidin aylab siyahro‘sh.
Yuzi o‘tida zulfi anbarolud,
Ul o‘tqa chun yog‘ib ashki, chiqib dud.
Urunub oncha sho‘ru shayn qildi
Ki, za’f aylab, esi ozib yiqildi.
Boshi ustida Bonu ashkrezon,
Qaroru sabri ko‘nglidin gurezon.
Bu holat ichra yetti xasta Shorur,
Zamona zarbasidin jismi ranjur.
Yer o‘rti Bonu ollinda qo‘yub bosh,
So‘z aytib, shodmonlig‘din to‘kub yosh
Ki: «Gardunmasnado, anjumsiroho,
Humoyun torazo, ismat panoho
4
.