www.ziyouz.com
kutubxonasi
278
Sezib erdiki ul g‘urbat asiri,
Hamono bo‘ldi dushman dastgiri.
Yoshurub rarda ichra holi zorin,
Nechukkim hullada jismi nizorin.
Bu o‘tdin suv bo‘lub xorosi oning,
Vale yo‘q so‘rg‘oli yorosi oning.
Chekib hijron aro ohi nihoni,
Qarorib dudi ohidin jahoni.
Magarkim bir kun ul g‘amnoki miskin,
Firoq ichra bag‘oyat erdi g‘amgin.
Chu ko‘ngli hajr toshidin siniqti,
Zamone qasr tomi uzra chiqti.
Ki, bir soat havoi kasb qilg‘ay,
Havodin g‘unchadek ko‘ngli ochilg‘ay.
Qulog‘ig‘a yetushti bir hazin un
Ki, lahn aylar edi bir zori mahzun.
Ani ul nag‘ma lahni zor qildi,
Buzuq ko‘ngliga behad kor qildi.
Quloq soldiki abyotin eshitgay,
Surud ichra maqolotin eshitgay.
Anga har bayt bir g‘amxona erdi,
Bori Farhoddin afsona erdi.
Ne kelturgan boshig‘a charxi kajrav,
Nelarkim ayladi jonig‘a Xusrav.
Bayon aylab aning favtin chekib ho‘y,
Demakda favt qilmay bir sari mo‘y.
Eshitgach mahvash ul lahni g‘amangez,
Degil bag‘rig‘a tegdi dashnai tez.
Aningdek chekti bir ohi jigarso‘z
Ki, o‘chti sham’i mehri olamafro‘z.
Yuziga boshladi urmoq taroncha,
Boshin dog‘i urub yerga yuz oncha.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |