www.ziyouz.com kutubxonasi
191
Aningdek xora chormoq etti bunyod
Ki, chiqti tog‘din gardung‘a faryod.
Qachon tosh uzra metin tez soldi,
Falak toqig‘a rustoxez soldi.
Dami dudi bila metini gardi,
Yoshurdi ko‘zga charxi lojuvardi.
Ne gardu dud, mig‘i dardu anduh,
Tutub Arman hududin ko‘h to ko‘h.
Dema mig‘, aytqil abri bahoron,
Yog‘in birla tagargi sangboron.
Hamul metinki tosh uzra bo‘lub g‘arq,
Damo-dam lam’asidin ko‘rguzub barq.
Ne soatkim xaroshi xora aylab,
Qatiq xoroni andoq rora aylab
Ki, bolchig‘ rushtasin no‘gi itik bel,
Va yo roru bila qor oritur el.
Kecha-kunduz ne tinmoq, ne tayonmoq,
Ne bir dam qon yutardin ko‘ngli qonmoq.
Tamoshosig‘a har kun xayl-barxayl,
Ulus ul sori tush-tushdin qilib mayl.
Qilib har kim nazar oning ishiga,
Tahayyur barmog‘in eltib tishiga.
Ko‘rardin yo‘q kamarburlarg‘a to‘ymoq,
Ne haddi yerga rushti dast qo‘ymoq.
Aning xorog‘a mundoq kov-kovi.
Bu so‘zni bo‘yla taqrir etti rovi
Kim ul tunkim Mihinbonu uyidin,
Mihinbonu yo‘q, ul mahro‘ uyidin
Kelib o‘z holiga ul hushi zoyil,
Chiqib bo‘ldi hamul tog‘ sori moyil.
Chu torti xira ko‘zlar subhdin nur,
Ne ul xayl oni tortilar, ne Shorur.