www.ziyouz.com
kutubxonasi
181
Eshitturdi Pari raykarg‘a borin.
Ki uch yilda ne ish butmish sarosar,
O‘zi bir kunda qilmishdur barobar.
Mihinbonu chu bu roz etti ifsho,
Parivash ayladi mayli tamosho.
Dedi: «Ul yon janibat
2
surgulukdur,
Bu ish gar voqe’ o‘lsa ko‘rgulukdur.
g‘animatdur ani ko‘rmak kishiga,
Tamosho aylamak qilg‘on ishiga.
Erur alhaq ajoyib mehmone
Ki, Tengri bizga yetkurmishdur oni.
Bu qushkim mubtaloyi dom o‘lubtur,
Bu gulshanda anga orom o‘lubtur.
Balo ichra farog‘i birla kelmish,
Tuzoqqa o‘z ayog‘i birla kelmish.
Zaruratdur anga qilmoq rioyat
Kim, ul bizga keraklikdur bag‘oyat.
Arig‘kim muzdig‘a yuz ganj berdim,
Suyi kelmay ilik ondin yub erdim
3
.
Bihamdillahki, Haq yetkurdi komim
Ki, mundoq kimsa bo‘ldi saydi domim».
Tilatti no‘shlab ta’jil ila ot,
Ravon bo‘ldi Mihinbonu dag‘i bot.
Sumanbar xizmatida to‘rt yuz qiz
Ki, otlanmas edi hargiz bularsiz.
Bor erdi bodroyi rangi gulgun,
Qolib andin yururda xingi gardun.
Anga pokib hamisha ul Parivash,
Bo‘lub ul devraykar ham Parikash
4
.
O‘zi gulrangu gul monand zoti,
Bo‘lub Gulgun
5
xaloyiq ichra oti.
Jahon bog‘ida yo‘q ul bodrodek,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |