www.ziyouz.com kutubxonasi
180
Ki, bo‘ldi ko‘rmokidin xalq shaydo.
Bu yanglig‘ xora kesmak qildi bunyod
Ki, qilmoq mumkin ermas odamizod.
Jahon ahlidek ermas vaz’u tavri,
Bir andoq ko‘rmagan aflok davri.
Malakvash odamidur ko‘hmonand,
Kesakdur teshasig‘a ko‘hrarkand.
Nekim ko‘rganni kelganlar yako-yak,
Turub arz ettilar beshubhau shak.
Mihinbonu eshitgach hayrat etti,
Inonmay bir zamone fikrat etti.
Xabarg‘a chun ayon bo‘ldi tavotur,
Ishondi, lek oni eltib tahayyur.
QO‘pub gulrux harimin qildi ma’vo.
Nechukkim ravzai jannatni Havvo
1
.
Dedi: «K-ey bog‘i umrum sarvi nozi,
Harimi xilvatim sham’i Tirozi.
Ko‘ngul mehri uzoring birla xursand,
Soching har torig‘a jon rishtasi band.
Eshitkim, turfa roze kelturubmen,
Hadisi dilnavoze kelturubmen.
Seni Haq xo‘blardin qildi chun fard,
Erur bori ishing o‘zungga darxurd.
Arig‘ qozmoqnikim hukm aylamishsen,
Qatiq toshlarni qozsunlar demishsen.
Bu ham bir ish dururkim qilmamish xalq,
Muningdek ish qilurni bilmamish xalq.
Agarchi sa’b edi boshtin-ayog‘i,
Qazo sahl etkon ermish oni dog‘i.
Birov, derlarki, raydo bo‘lg‘on ermish,
Qiyomat oshkoro bo‘lg‘on ermish».
Eshitgandek ani tavru shiorin,