www.ziyouz.com kutubxonasi
36
Muhayyo qildi olam korgohin.
Jahonda zohir aylab ko‘p zaroyif,
Jahon ahlin dog‘i qildi tavoyif.
Tavoyif chunki bo‘ldi muxtalifvash,
Bu yerdek rast, ul o‘tdek tundu sarkash.
Bularg‘a vojib erdi intizomi,
Adolat vajhidin bermak nizomi.
Bu ishga anbiyoni qildi irsol
Ki, bo‘lg‘aylar ulusqa din sori dol.
Alardin so‘ng salotin torti ta’zim
Ki, bergaylar alar ummid ila bim.
Nechukkim anbiyo ra’su raisi
Muhammadning erur zoti nafisi.
Rasul xaylig‘a sarxayli sirah ul,
Alar bori sirah, xayl ichra shah-ul.
Salotinning ham andoq sarfarozi
Erur go‘yo azaldin Shohi G‘oziy
1
.
g‘azo maydoni ichra Haydar
2
oyin,
Rivoji shar’ aro rayg‘ambar oyin.
Nabi shar’ig‘a bergan zebu zayn ul,
Salotin sarvari Sulton Husayn ul.
Zihi olam – sadaf, zoting – duri pok,
Aningdekkim, quyosh durrig‘a aflok.
Quyoshdin ham yorug‘ royi muniring,
Falakdin ham biyik oliy sariring.
Murassa’ masnading a’lo jumondin
Falak firuzaekim tushmish ondin.
Shukuhung jabhasidin chun Surayyo
Yeti qatra araqdek yetti daryo.
Chu qahring tundbodi esti, olam –
Bisotin tog‘lardin qildi mahkam.
Yetib chun gulshani lutfung shamimi,