www.ziyouz.com
kutubxonasi
38
Qolib gard ichra charxi lojuvardi.
Iki saf har biri bir ko‘hi bedod,
Sarosar tig‘i oning tig‘i fo‘lod.
Jahonni tiyra gard aylab qarong‘u,
Sinonlar sham’i solib anda yog‘du.
Kavurga dahr aro solib g‘irevi,
Hechukkim mast bo‘lg‘ay narra devi.
O‘qi andoqki sarsar lola eltib
Shafaqning jomidin rargola eltib,
Bahodirlar falakdek barcha xunrez,
Shihoboso sinonlar aylabon tez.
Adam qo‘rg‘onig‘a qochib amonliq,
Falak olam aro sochib yamonliq.
Sen ul soat salobatdin sirehre,
Qo‘lungda tig‘din raxshanda mehre.
Maozallohi, gardundek janobing
Taharruk torsa azm aylab rikobing.
Surub har lahza bir yon tortibon tig‘,
Shukuhi tundluqta o‘ylakim mig‘.
Solib har sori tig‘i louboli,
Aduvdin qilg‘asen olamni xoli.
Qilib ul nav’ tig‘i bemadoro,
Jahon ichra qiyomat oshkoro.
Quyosh botqay uzorin darham aylab,
Falak qochqay ravon qaddin xam aylab.
Yonib maydondin etsang azmi ayvon
Tushub ayvong‘a silkib gardi maydon.
Tutub Jamshed
3
taxti uzra orom,
Tilab xurshed yanglig‘ la’lgun jom.
Quyub og‘zingg‘a ul jomi Kayoniy
4
,
Ichibkim bo‘lsun obi zindagoniy.
Ne mulkikim olib ul razm ichinda,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |