www.ziyouz.com kutubxonasi
240
Qayu mazharki ajmal kelsa mavsuf,
Ajab yo‘q anda ko‘rrak bo‘lsa mash’uf
3
.
Va lekin to erur Shiring‘a shaydo,
Ishi bo‘lmaydur andin o‘zga raydo
Ki, ko‘rmish ikki yo uch qatla oni,
Tiriklikdin anga qolmay nishoni.
Aningdek tarki aqlu hush qilmish
Ki, ikki-uch kun o‘lgandek yiqilmish.
Azosidin bo‘lub har xayl ranjon,
Yana Haq mavhibat aylab yangi jon.
g‘arazdin pok topib oni gulrux,
Ko‘rub farxunda ruxsorini farrux,
Qilur jonin aning vasli fidosi,
Va lekin ko‘p durur oning ibosi
Ki, ko‘rgach hush tark etmak hamondur,
Kelib bu o‘zidin ketmak hamondur.
Bu ma’nidin tutub gah dashtu gah ko‘h,
Zaif egniga yuklab bori anduh.
Erur oning xayoli birla qone’,
g‘amu dardu maloli birla qone’.
Vale mahvashqa oning vasli maqsud
Ki, yo‘q makruhe tab’i anda mavjud.
Bukim debtur, karih oning jamolin,
Ne til birla deb erkin bu maqoling‘
Ani men ayta olmon zisht yo xo‘b,
Sanga ko‘rmakligi bor ersa matlub,
Borib Tengri uchun ko‘p oni bexost
Ki, Xusrav so‘zlamish egrimu yo rostg‘
Yuzi gulzoridin chun vard tergung,
Ne aytay men, o‘zing insof bergung.
Bukim Xusrav erur bu ishga moyil
Ki, men bo‘lg‘aymen o‘z sahvimg‘a qoyil.