www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
Kamolotin o‘zidek bir jahon bil.
Jahon ichra jahonkim torti muknat,
Solib iki jahon ahlig‘a hayrat.
Jahon yo‘q, olami kubro
5
de oni,
Jahonda maqsadi aqso
6
de oni
Ki, harne olami sug‘ro
7
da mavjud,
Bori bu olami kubpoda mavjud.
Boshikim tark tojidin barumand,
Bo‘lub tojig‘a gardun tugma monand.
Libosi faqri kengrak yuz jahondin,
Jahon silki kelib bir rishta ondin.
Zamiri lujjai zaxxori ma’ni,
Kalomi gavhari shahvori ma’ni
8
.
O‘zi daryo, so‘zi durdek muhayyo,
Yana ma’nidin ul dur ichra daryo.
Kelib daryonasab, gavharhasabliq,
Ishida necha boqsang bulajabliq.
Qalam bahri kafida turfa ishdur,
Magar daryo aro butgan qamishdur.
Ajab ermas qamish bo‘lmoq shakarrez,
Va lekin bu qamish bo‘lmish guharrez.
Uchidin ham guhar olamg‘a sochib,
Ichidin ham shakar do‘koni ochib.
Sarosar go‘yiyo ul nay guhardur,
g‘alat qildim, labolab nayshakardur.
Og‘izlar ichra lazzat shakkaridin,
Quloqlar ichra ziynat gavharidin.
Qulog‘ni bu guhar farsuda qilmay,
Og‘izni ul shakar oluda qilmay.
Shakar ul nav’ tormay komi idpok,
Guhar bu tavr kelmay ravshanu pok.
Alo, tokim, guhar serob bo‘lg‘ay,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |