www.ziyouz.com kutubxonasi
18
Agar bulbul desang, Hinduston – tun,
Qaro zulmat dema, anbarfishon tun.
Bu andoq tun aro shabxez bulbul,
Shabiston ichra sho‘rangez bulbul.
Dema bulbul, de oni qaqnusi
11
zor,
Topib lahnidin oning qaqnus ozor.
Agar qaqnus chekib yuz nola jonso‘z,
Anga ming nola o‘qi borcha dildo‘z.
Dema o‘q, balki har bir barqi ohi
Ki, sekrib o‘rtabon mah to ba mohi
12
.
Solib yuz shu’la har dam xirmanig‘a,
O‘zining yo‘qki, olam xirmanig‘a.
Maoniy bahrig‘a anfosidin mavj
Ki, ul mavj ostig‘a qolib to‘quz avj;
Takallum rishtasig‘a nazmidin dur,
Falak bag‘rig‘a ul durdin tafoxur.
Savodi nazm anga abri bahori,
Bo‘lub el boshig‘a gavhar nisori.
Sarosar ul bulut gavhar arodur
Ki, naysoniy bulut yanglig‘ qarodur.
Savodi demakim, mushkin sahobi,
Bo‘lub har qatra anda durri nobi.
Bu durkim vasfi sig‘may so‘zga hargiz,
Latofatdin ko‘runmay ko‘zga hargiz.
Tili durrosh, o‘zi pokiza gavhar –
Xiroji mulk, yo‘qkim reza gavhar.
Ne gavhar, balki ilmu fazl koni,
Dema konkim, degil ko‘hi maoni.
Emas gar tog‘, bas shiddat qilib big‘,
Netib gardung‘a har dam yetkurub tig‘.
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy ranjasig‘a ranja urmoq
13
.