www.ziyouz.com
kutubxonasi
14
Bo‘lub Arsh afsar, ul afsar uza dur.
Chu Kursi to‘ridin riroya topib,
Biyik Lavhu Qalamdek roya topib.
Yuqorroq ko‘rguzub chun raxshi novard,
Chiqorib lomakon maydonidin gard.
Tushub andin biyik chun ittifoqi,
Borib andoqki tebranmay Buroqi.
Samandin tashlagach ul ma’naviy ganj,
Samandidek tutub raykin dog‘i ranj.
Quvonib roybo‘si birla Rafraf
6
,
Maloyik yer O‘pub ollida saf-saf.
Yetak silkib, ayoq tortib boridin,
Qo‘yub yuz benishonliq har soridin.
Yetak yengdin ilik tortib ayoq ham,
Ayoq birla ilik borib qiroq ham.
Tanidin to‘rt gavhar naqshi borib,
Bo‘yi olti jihat to‘nin chiqorib.
Demakim to‘rtu oltidin mubarro
Ki, beshu ikkidin dog‘i muarro.
Chiqorib o‘zlugi tufrog‘idin gard,
Ne o‘zlukkim, o‘zidin ham bo‘lub fard.
Makoni bo‘lmayin juz bemakonliq,
Nishoni qolmayin juz benishonliq.
Chu qolmay ne nishoni, ne makoni,
Topib maqsad makonidin nishoni.
Nasimin zohir aylab vasl bog‘i,
Topib maqsud isi yo‘qlug‘ dimog‘i.
Chekib dam ajdahoyi ganji maqsud,
Yugurtub aylabon budini nobud.
Chu qildi jilva shodurvoni vahdat,
Nasimi vasl ochib domoni vahdat.
Inoyat ilgi olamdin nihoni,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |