www.ziyouz.com
kutubxonasi
183
Yotib mushaf yuziga kofiri mast.
Bo‘lub sihhat olurda goh ranjur,
Bo‘lub gah ayni usruklukta maxmur.
Ko‘zi behol xoboludliqdin,
Labi maygun sharoboludliqdin.
Ne ikki anbaroso zulf vah-vah,
Ne ikki jonfizo lab, Alloh-Alloh.
Shakardek lab, vale yo‘q tuz kam anda,
Tuzekim qandi olam-olam anda.
Bu yanglig‘ qand ila tuz kimsa bilmay
Kim, ul hayvon suyi ichra ezilmay.
Savodi xoli o‘g‘riliqqa monand,
Kelib kunduz kuni eltur uchun qand.
Olib shirinliq, ammo avd etar dam,
Ayog‘lari bo‘lub shakkarda mahkam.
O‘g‘urlarda tuzu shakkar nihoni,
Shakar tutmish va yo tuz tutmish oni.
Yengi gulzorida ko‘p rang ila bo‘,
Labi ayn ul-hayotidin ichib suv.
Ravonrarvar yuzining toza vardi
Ki, hayvon chashmasidur obxo‘rdi.
Og‘iz ustida burni turfa timsol,
Tutub yonida manzil hinduyi xol.
Qo‘yub ul hinduyi tojir sifoti,
Shakar tungida
9
Hinduston naboti.
Naboti Hind yo‘qkim, g‘unchai gul,
Qilib devona Aqli Kullni bilkul.
Kumushdek rangi nasrinfomi oning,
Kumushdin g‘unchadek andomi oning.
Bo‘lub har kirriki bir no‘gi xoma,
Qorortib qatl uchun yozmoqqa noma.
Varaq aylab anga lavhi uzorin,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |