www.ziyouz.com
kutubxonasi
182
Bo‘lub gul bargin elturga sabodek
6
.
Keturdilar bu xingi
7
bodraymoy,
Ravon mindi shafaq gulguniga oy.
Xiromon bo‘ldi ul yon sarvi ozod,
Rikobida hamul xayli Parizod.
Surub ul sori xushvaqtu tarabnok
Ki, Farhod aylar erdi xorani chok.
Mihinbonu dog‘i hamrahlig‘ aylab,
Sumanbar holidin ogahlig‘ aylab.
Keyindin qavm ila xayli shitobon,
Qilib har soridin qat’i biyobon.
Parivash devzodin surdi chun tez,
Gul uzra sarsar o‘ldi shabnamangez.
Yetishti raxsh uza ul nav’ cholok
Ki, gardun tavsanida mehri aflok.
Tushub har yon musalsal zulfi bandi
8
,
Bo‘lurg‘a xoraafkanlar kamandi.
Kamand o‘lmayki, ikki shomi dayjur,
Apoda farq etib bir xatti kofur.
Bo‘lub me’jarda ul mushki siyahtob,
Qaro shomiki yorqay oni mahtob.
Yuzi atrofida durri laoli,
Quyosh davrida axtarlar misoli.
Ne durkim sekretib bu charxi gardon,
Quyoshning chashmasidin qatra har yon.
Iki qoshi hiloli fitnaangez,
Yozilg‘on ko‘p ul oy boshida xunrez.
Mudom aylarga qon to‘kmak kengoshi,
Bo‘lub ikkisining rayvasta boshi.
Bu xunrez ittifoqig‘a qilib jahd,
Yuzidin mushaf ochib qilg‘oli ahd.
Ko‘zi islom eliga topibon dast,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |