www.ziyouz.com
kutubxonasi
110
Kelib ollig‘a dashti o‘ylakim qir,
Degilkim, qildi yo‘l azmig‘a shabgir.
Firoq ayyomidek zulmot monand,
Topib zayli ajal shomig‘a rayvand.
Xabar deb rangi hijron olamidin,
Qarorib dasht ajdarho damidin.
Botib kul ichra raxshi qilgoch ohang,
Qilib ul gard gulgunini shabrang.
Yetishti bir ufunatliq nasime
Ki, qilg‘ay atri jannatni jahime.
Ko‘p el, ul atrdin es tarki qildi,
Cherikning ko‘rragi otdin yiqildi.
Qilib Farhod berk o‘z bag‘rig‘a tish,
O‘zin solmay, chu tushmish boshig‘a ish.
Ko‘rungach ajdahoning tiyra g‘ori,
Azimat qildi oning g‘ori sori.
Yetishgach el nasimi ajdahog‘a,
Ajal go‘yo sinon urdi balog‘a.
Mahobat birla chiqti g‘or ichidin,
Balodek gunbazi davvor ichidin.
Tomug‘ning shu’lasidek iztirobi,
Hamul o‘t dudi yanglig‘ rechu tobi.
Damidin shu’la sekrib pora-pora
Ki, ondin olam o‘rtab har sharora.
Tutun yanglig‘ dami abri kasofat,
Shararlar anda har bir barqi ofat.
Tani ranju baloning ko‘hsori
Va lekin og‘zi ul ko‘hsor g‘ori.
O‘tu rechida dud ul g‘or ichinda,
Aningdekkim, o‘zi ko‘hsor ichinda.
Uzolg‘on tog‘dek andomi oning,
Vale yo‘q seldek oromi oning.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |