www.ziyouz.com kutubxonasi
105
Kelur kayfiyatidin so‘rdi taqrir
Ki, qat’ etmakda bu yanglig‘ uzun yo‘l,
g‘arazni onglatingkim qaysidur ul.
Dedi shah sarbasar shahzoda holin,
Boshig‘a ko‘zgudin tushgan xayolin.
Hakimi nuktadon chun bildi holat,
Ham o‘ldi shodu ham torti malolat.
Quchub shahzodani ko‘nglin qilib shod,
Dedi: «Sen, senki oting keldi Farhod».
Suhaylo chun otin tahqiq qildi,
Nekim ul so‘rdi, bu tasdiq qildi.
O‘pub mongloyini donoyi ogoh,
Sujud aylab, dedi: «Alhamdulilloh
Ki, oncha o‘lmadimkim, charxi g‘ammoz
Meni bu komima qildi sarafroz.
Necha yuz yil durur g‘or ichradurmen,
Necha yuz ranju timor ichradurmen.
Manga Jomosrdin erdi bu e’lom,
O‘zidin so‘ngki yozmish erdi ahkom
5
Ki, mendin so‘ngra garduni sabukray
Chu ming yil aylasa yer davrasin tay.
Chiqib shahzodae Chin kishvaridin,
Kelib Yunong‘a davlat rahbaridin,
Oti Farhodu har donishda mohir,
Saodat farri ruxsorinda zohir,
Tutub ranju anog‘a jonu jismin,
Ochar Iskandari Rumiy tilismin
Va lekin ikki manzil bo‘lg‘usidur,
Ki oning qat’i mushkil bo‘lg‘usidur.
Birida ajdar aylab jonsitonlig‘,
Damidin qilg‘usi otashfishonlig‘.
Birida Ahraman aylab sitam fosh,