www.ziyouz.com
kutubxonasi
102
Bori olamni tutqon sel birla.
Azimat qildi Yunon mulki sori,
Sirohi ishqdek jon mulki sori.
Cherik oyini bo‘ldi sarbasar ko‘ch,
Yurush bo‘ldi muqarrar ko‘ch-barko‘ch.
Iki kun turmayin bir yerda mahmil,
Azimat aylabon manzil-bamanzil.
Qayon ul azmdin ovoza borib,
Eshitkan xalq hushi oza borib.
Yetib har mulk fathining navidi,
Kelib har qal’a quflining kalidi.
Necha manzilda bir kishvar bo‘lub fath,
Dema kishvarki, bahru bar bo‘lub fath.
Necha oy qat’ etib sahrovu vodi,
Ko‘rundi kishvari Yunon savodi.
Chu ogah bo‘ldilar ul mulk aro xayl
Ki, xoqon xayli ul yon aylamish mayl.
Kelibon o‘tru ashrofu raoyo,
Chekib maqduricha har kim hadoyo.
Bo‘lub hikmat eliga aysh vorid,
Sharaf burjig‘a yetgandek Atorid.
Bori davlat bila iqbol monand,
Kelib Xoqong‘a istiqbol rayvand.
Yana ul mulkning yaxshi-yamoni,
Taqabbul aylabon moli amoni.
Qo‘yub yuz ul falakqadr ostong‘a,
Berib kishvar shahi kishvarsitong‘a.
Qilib shah borchag‘a lutfu inoyat,
Yetib har xayl maqdurin rioyat.
Ko‘p aylab ahli hikmat ehtiromin,
Qilib har qaysining ta’yin maqomin.
Chu aylab dastbo‘sidin sarafroz,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |