Microsoft Word musnad abu hanifa ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/186
Sana02.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#729793
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   186
Bog'liq
Imomi A\'zam Abu Hanifa. Musnadi Abu Hanifa

Safarda mashning hukmi
64-hadis 
Safvon ibn Asoldan rivoyat qilingan hadisda Safvon aytadi: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) 
bizga safarda mahsilarimizni katta va kichik hojat hamda uyqu sababli uch kun, uch 
kecha yechmasligimizni, faqat junub bo‘lsak, yechishimizni aytdilar». 
Nasaiy va Termiziy rivoyat etishgan. Buxoriy aytadi: «Mash muddatini ko‘rsatib bergan 
hadislar ichida bundan sahihi yo‘qdir». 
Termiziy hadisni sahih degan. Said ibn Masruqning hadisini Abu Dovud, Termiziy, Ibn 
Moja shu yo‘l bilan rivoyat etgan. 
Hofiz aytadi: «Bu hadis keltirilgan eng mashhur yo‘l Hammod va Hakamning Ibrohim 
Naxaiydan, u Jadaliydan, u Huzaymadan rivoyat qilgan yo‘ldir». 
Junublik ma’naviy najosatdir
70-71-hadislar
Abu Dovud va Nasaiy hadisni rivoyat etishgan. («Uqud’ul-javohir», 1-36). 
Hammomga lungisiz kirishning taqiqlanishi
74-hadis 
Jobir (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat etadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Kim 
Allohga va oxirat kuniga ishonsa, hammomga lungisiz kirmasin. Kim Allohga va oxirat 
kuniga ishonsa, xotinini hammomga yubormasin». 
Bu hadisni Nasaiy va Termiziy rivoyat qilishgan. 
Hakim Muslimning shartiga ko‘ra, bu hadisni sahih, degan («At-targ‘ib vat-tarhib», 1-
jild, 142-bet). 


Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
114
Termiziy va Nasaiy hadisni bunday lafzlar bilan rivoyat etishgan: «Kim Allohga 
ishonsa...» 
Hakim va Ibn Adiy esa: «Lungisiz kirmasinlar» lafzi bilan rivoyat qilishgan: («Uqud’ul-
javohir», 1-41). 
Qurigan maniyni (kiyimdan) ishqalab tashlash, ho‘lini yuvish
75-76-hadislar 
Bu mavzuda bir necha hadis bor. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Men Rasulullohning 
(s.a.v.) kiyimlaridan (maniyni) ishqalar edim, so‘ng u zot o‘sha kiyim bilan namoz o‘qir 
edilar (imomlik qilardilar. -Tarj)». Muslim rivoyati. 
Yana Muslimga oid bir rivoyatda Oyisha onamiz (r.a.) bunday deganlar: «Rasulullohning 
(s.a.v.) kiyimidagi qurigan maniyni tirnog‘im bilan ishqalab tashlar edim» («Osorus-
sunan», 1-15). 
Hammodning hadisini Muslim shu lafz bilan rivoyat etgan. Buxoriyda esa mana bunday: 
«Men Rasulullohning (s.a.v.) kiyimlarini yuvardim». 
Bazzor va Doraqutniy Oyisha onamizning (r.a.) hadisini quyidagicha keltirishgan: 
«Rasulullohning (s.a.v.) kiyimidagi maniyni ishqalar edim» («Uqud’ul-javohir», 1-37). 
Oshlangan teri
77-hadis
«Oshlangan teri tozadir» hadisini «Sunan» sohiblari rivoyat qilishgan. Sammok ibn 
Harbning hadisini Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja rivoyat etishgan. Muslim esa hadisni 
boshqacha lafz bilan keltirgan: «Teri oshlansa toza bo‘ladi». «Terining oshlanishi uning 
pokligidir» tarzida ham kelgan («Uqud’ul-javohir», 1-26). 
Terining oshlash bilan toza bo‘lishi 
78-hadis
Talha hadisni «Musnad»da mazkur holda rivoyat qilgan. Hadisni Ahmad ibn Hanbal Abu 
Uvona va Sammok orqali rivoyat etgan («Uqud’ul-javohir», 1-29). 
NAMOZ
79-hadis 
«Taysirul-vusul» kitobining 3-jild, 176-betida: «Sen Alloh taolo uchun qilgan har 
sajdangda Alloh taolo sening darajangni yuksaltiradi. Bir xatoingni ketkizadi», deya 
marhamat qilingan. 
Abu Ma’dan: «Abu Dardoning oldiga kelib, undan so‘radim. U menga Savbonning 
aytganlarini gapirib berdi», deydi. 
Bu hadisni Muslim, Termiziy, Nasaiy rivoyat etishgan. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish