Microsoft Word musaffo osmon ziyouz com doc



Download 187,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/45
Sana09.03.2022
Hajmi187,45 Kb.
#486741
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
musaffo osmon

www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
— U men bilan aka tutingan. Meni chin dildan yaxshi ko‘radi, lekin... lekin menga qo‘lining uchini 
tekkizishga ham jur’at etolmaydi — juda tortinchoq. 
— Qimmatli akajoningizning xatosi aynan shundadir, balki? 
— Yo‘q, yo‘q! Men undan judayam hazar qilaman, mabodo menga qo‘l uchini tekkizgudek bo‘lsa, 
dod solib chinqirib yuborishim aniq. 
— Hamonki yomon ko‘rgan odamingiz jo‘nab ketayotgan ekan, nega yig‘laysiz? 
— O’zim ham bilmayman. Akajonimning meni jon-dildan yaxshi ko‘rishini o‘ylasam, ko‘zlarim 
yoshlanaveradi, lekin xunuk basharasiga ko‘zim tushdi deguncha — o‘zimni kulgidan 
to‘xtatolmayman. 
— Alomat ayol ekansiz! — degan xulosaga keldi Ishoq. 
— Nima qilay, shunaqa alomatman. 
Jamilaning g‘ilt-g‘ilt yosh ko‘zlari jilmaydi va yirik-yirik yosh tomchilari misoli marvarid donalaridek 
yonoqlaridan dumalab tusha boshladi. Ishoq yonidan shohi dastro‘mol chiqarib, xuddi sochilib ketgan 
dur donalarini yig‘ib olmoqchi bo‘lganday, Jamilaning ko‘zlarini ohista artdi. 
Ular Jamilaning mahallasi Mujgaon Kortga yaqin kelib qolgan edilar. 
Jamilaning uyi ham uning toifasidagi hamma qizlarning uyi singari ekan. Bunday uyga qarab, uning 
sohibasi qanday ayol ekanligini aniqlasa bo‘ladi, shuningdek, ko‘pincha biron odamga qarab turib, u 
istiqomat qilayotgan uyni aniq tasavvur qilish ham mumkin. Lekin ba’zida shunday ham bo‘ladiki, uy 
va unda yashovchilar o‘z fe’l-atvorlari hamda zohiriy ko‘rinishlari bilan bir-birlaridan mutlaqo tafovut 
qiladilar. Bunday chog‘da uy ham, unda istiqomat qiluvchilar ham noxush kayfiyatda bo‘lishadi — 
qayoqqa qarama, hamma yerda bezovtalik, besaranjomlik. Yana shunday paytlar ham bo‘ladiki, 
xonadon sohiblari o‘z maskanlari bilan xuddi tug‘ishganlarday tutinib ketishadi, oqibat, xonadon 
qaerda tugab, uning sohiblari qaerdan boshlanishini aniqlash mushkul bo‘lib qoladi. 
Jamilaning xonadoni, aslida uning ko‘zgudagi aksi edi, Jamila esa o‘z xonadonining ulug‘vor timsoli 
edi. 
Bu xonadon ichiga hammayog‘i qalin pechak bilan o‘ralgan ayvondan kirilardi; pechakning to‘q-
sariq gullari bu yerga qadam ranjida qilgan har bir kimsani kuzatmoqchi bo‘lganday, sinchkov 
ko‘zlarini katta-katta ochib turardi. Ayvonga gilam to‘shalgan edi. Undagi bir eshikdan xobxonaga, 
ikkinchi eshikdan mehmonxonaga kirilardi. Mehmonxonada ham ikkita eshik bo‘lib, biridan 
xobxonaga, ikkinchisidan Jamilani go‘daklik chog‘idan tarbiyalab o‘stirgan xolasining xonasiga kirish 
mumkin edi. Xobxonada esa uchta eshik bor edi; bu eshiklardan ayvonga, mehmonxonaga va orqa 
tomondagi balkon sahniga chiqilardi; balkondan oshxonaga va vannaxonaga o‘tish mumkin edi. U 
yerda yana bir eshik bor edi — u uy xodimalari uchun... yo xufiya do‘st uchun mo‘ljallangandi. Ishoq 
xonama-xona tentib yurarkan, Jamilaning qalbiga kiradigan eshiklar ham shunaqa ko‘p bo‘lsa kerak, 
deb o‘yladi... 
Ayvonga qadam qo‘yilgan zahoti oyoq tovushi so‘nardi — yerga to‘shalgan qalin gilam oyoq 
tovushini ham, ko‘cha changini ham yutib yuborardi. Mehmonxona derazalariga qo‘shqavat pardalar 
osilgan; xona abajurlar ostidagi chiroqlarning mayin nuri bilan xira yoritilgan, bu ham yetmaganday, 
har bitta abajur ustiga yana to‘r hoshiyali shohi ro‘mollar yopilganki, ular xonani nimqorong‘i holatda 
saqlar va uy sohibasining andak pardozlangan yuzini yanada jozibaliroq qilib ko‘rsatardi. 
Mehmonxonaning sirtqi devoriga, ayvon ostonasining shundoqqina ro‘parasiga qip-yalang‘och 
ayolning mutaassir surati osilgandi — u Amerikada chiqadigan suratli jurnaldan qirqib olingan bo‘lsa 
kerak. Bunday “durdona” rasmlar mehmonxonani ham bezab turardi. O, Amerika, azizim mening! Sen 
uzoqdan turib bizga “yordam” qo‘lingni cho‘zasan. O, xilvat ko‘chalaringning qurboni bo‘lay, Amerika! 
Bamisli zilol chashma suvidek ma’suma bo‘lib yaralgan ayollarning badanlari bilan savdo qiluvchi 
Garlem va Chikagodagi islovatxonalaringning qurboni bo‘lay! O’sha nafis badanlarni suratga oluvchi 
va chop etuvchi qorong‘u fotografiya ustaxonalaringning va charog‘on bosmaxonalaringning qurboni 
bo‘lay! Yangi bosilib chiqqan jurnallaringni dunyoning barcha go‘shalariga yashin tezligida olib borib 
tarqatuvchi uchqur samolyotlaringning qurboni bo‘lay! O, Amerika, boshoqlari tiqmachoq zarrin 


Musaffo osmon (qissa). Krishan Chandar 

Download 187,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish