Microsoft Word musaffo osmon ziyouz com doc



Download 187,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/45
Sana09.03.2022
Hajmi187,45 Kb.
#486741
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
Bog'liq
musaffo osmon

www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
kottej eshigini taqillatdi. 
— Sohibim siz bilan gaplashmoqchilar, — dedi ish boshqaruvchi Ishoq eshikni ochganida. 
— Mening u bilan gaplashadigan gapim yo‘q deb! — dedi Ishoq jerkib va sigareta qoldig‘idan 
yangisini tutatdi. — Shu bugunoq boshqa mehmonxonadan o‘zimga joy qidiramanu ko‘chib o‘taman: 
— Baribir, sohib siz bilan gaplashmoqchilar, — deb oyoq tirab turib oldi ish boshqaruvchi. 
— Aytdim-ku, mening unga aytadigan gapim yo‘q! — dedi Ishoq sal o‘shqirib. — O’zim ham 
tushunib turibman — yaxshi ish qilmadim. Haqqim yo‘q edi o‘sha tojirga likop otishga! Men juda 
xijolatdaman, hoziroq kechirim so‘rashga tayyorman o‘sha Olachipor... tuf-e, janob dalloldan. 
Ishoq eshik oldiga chiqdi va kaftlarini bir-biriga juftlagancha, “Olachipor sepkildor”ga egilib ta’zim 
qildi. Tojir kulib yubordi — u juda baxtiyor edi. Ishoq mehmonlarni ichkariga taklif qildi va o‘tirgani 
joy ko‘rsatdi. Otel xo‘jayini bilan Bheriya divanga yastanib o‘tirishdi. 
— Ayb o‘zimda, —deb gap boshladi tojir. — Musulmonlarni ranjitadigan gap og‘zimdan chiqib 
ketdi. Axir qayoqdan bilibman bu jin urgur yozuvchining musulmon ekanligini? 
Otel xo‘jayini fors edi — bu cho‘pday oriq odamning quloqlari xuddi quyonnikiday dikkaygan, ikki 
chakkasidan siqilgan cho‘zinchoq peshonasining o‘rtasi ichiga botgan edi. Uning qorayib ketgan xunuk 
tishlari qarchig‘ayniki singari egri burni bilan dilxushlik qilayotganday, tili esa, ikki o‘rtada vositachi 
vazifasini o‘tayotganday edi. Uning munchoqdek jimit ko‘zlari xuddi biron nimaga tikilib qarashdan 
qo‘rqqanday, doim bejo, doim olazarak, shilvirab osilib tushgan pastki labi esa, go‘yo lunjiga yashirib 
qo‘yilgan ko‘rinmas ip tortqilaganday, vaqti-vaqti bilan o‘ng tomonga qiyshayib ketardi. Keyin yana 
joyiga qaytardi — xuddi ipidan siltab tortilgan varrakday. 
— Aytadigan gapingiz bor edi, shekilli, Ho‘rmuz-jiy? — ehtirom ila yuzlandi xo‘jayiniga ish 
boshqaruvchi. 
Ho‘rmuz-jiy har bitta so‘zi orasida varrak ipini torta-torta gapira ketdi... Ishoq bu varrak, ya’ni 
labning tortqilanishini qiziqib kuzatarkan, mabodo ip birdan uzilib ketsa, Ho‘rmuz-jiyning labi qay 
taxlitda to‘xtab qolishini ko‘z oldiga keltirib miyig‘ida kulib qo‘ydi. 
— ... ovora bo‘lasan, qo‘lingdan hech ish kelmaydi, — derdi bu asnoda Ho‘rmuz-jiy. — Axir sen bu 
yerga fitna qo‘zg‘agani kelgansan-ku, shundaymi? 
— Qanaqa fitna? — so‘radi hayron bo‘lgan Ishoq. — Mening nima daxlim bor unga? Xo‘sh, 
aytinglar-chi, sizlarni bu yerda ko‘rish baxtiga musharraf bo‘lishim sababi nima o‘zi? 
— Sababini sudda bilib olasan. Qani, gapir, senga nima yomonlik qilgan edimki, kelib-kelib mening 
otelimda odamlarim o‘rtasida g‘ulu ko‘tarmoqchi bo‘lyapsan? Shundoq ham, inglizlar ketganidan beri 
otelim daromad bermay qo‘ygan, endi mana sen boshimga balo bo‘lding — xizmatkorlarim orasida 
fitna qo‘zg‘ay boshlabsan! 
— Men-a? Xizmatkorlaring orasida-ya?.. Nima deyapsan o‘zi? — Ishoqning taajjubi tobora ortib 
borardi. 
— Sen qulog‘ing bilan eshit! — dedi otel xo‘jayini jahl bilan. — Gapimni to‘qqiz pulday qilib 
tushuntiryapman, sen bo‘lsang... O’tgan kuni anavi bola... haligi bor-u, bozorda yamoqchilik qilib 
o‘tiradigan yigit, hah, urushda yarador bo‘lgani uchun nafaqa oluvchi Mardikor degan yigitni 
aytyapman, o‘sha o‘tgan kuni bitta varaqa ko‘tarib keldi... 
— Yana qanaqa varaqa? 
— Haligi, qog‘oz bor-u... haligindaqa qog‘oz! Siz yaxshilab eshiting! — deb sohibiga 
ko‘maklashmoqchi bo‘ldi ish boshqaruvchi. 
— U o‘sha kasofat qog‘ozni ko‘tarib kelib, mening xizmatkorlarimga qo‘l qo‘ydira boshladi. 
Hammaga qo‘l qo‘ydirib jo‘nab ketdi. O’sha qog‘ozda, hech qachon, hech yerda urush bo‘lmasligi 
kerak, deb yozilgan ekan. Men xodimlarimni yig‘ib, ochiqchasiga gaplashdim. Nega qo‘l qo‘ydinglar, 
deb so‘radim. Shunchaki, o‘zimiz, deyishdi. To‘g‘ri, qattiq jahlim chiqdi, lekin bu safar kechirdim 
ularni, keyin, boshqa bunday qilmanglar, deb koyidim! Ular so‘z berishdi bunday qilmaslikka, hatto 
quloqlariga kaftlarini ham bosishdi — demak, qasam ichishdi. Lekin bitta kir yuvuvchi xodimam — 
Vasanti bo‘lsa: “Men qo‘yaveraman, agar yana shunaqa qog‘oz olib kelishsa, yana qo‘l qo‘yib 


Musaffo osmon (qissa). Krishan Chandar 

Download 187,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish