Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
bo‘lmaganidek, bularda farq yo‘qligi, barchasi «fohisha», «buzuq», «shilta»... kabi 
«unvon»lar bilan xorlanishini uning oqsoq fahmi idrok qila olmas edi. 
Ishtoni yo‘qning hadigi cho‘pdan, deganlaridek, o‘zi botqoqqa botgani holda, pokiza 
odamning etagi loy emasmikin, deb gumonsirashi qiziq. «Yo‘q, begonaga 
yaqinlashmoqqa haqqi yo‘q!» deb hukm chiqarmog‘i undanda qiziq. Uyidagi pokiza 
to‘shakka o‘ynashini boshlashdan hazar qilmagan odam «haromdan hazar qilish» 
xususida o‘ylagani yanada qiziqroq. 
Xotinining ko‘rpa-to‘shaklarni kuydirib tashlaganini bilib, «bunaqa ahmoq xotin 
dunyoda yagona bo‘lsa kerak», deb o‘ylagan edi. Hozir o‘sha voqeani eslab, yuragi 
uvishdi. «Bu mallavoyning xotini boshqa. Matluba haromdan hazar qiladi», degan fikri 
qat’iylashdi. Sog‘ingan qalbiga bir iliqlik yugurgiladi. Ammo... bu qalbning to‘ri Nafisaga 
bo‘shatib berilgan edi. Manfiy va musbat bulut parchalari yaqinlashganida yashin 
chaqnagani misol yuragi bir sanchdi. Haromga o‘rgangan ko‘ngil pokiza hislarga o‘rin 
bermoqni ixtiyor qilmadi. Nafs tarozisining Nafisa turgan pallasi bosib ketaverdi. 
Ko‘tosning hozirgi gapiga qadar xotinini gumon qilmagan, birovdan qizg‘anmagan edi. 
Biroq... Nafisani qizg‘anardi. Uni do‘stiga «oshirib» yuborganidan keyin, hatto 
oshnasidan ham qizg‘anadigan bo‘ldi. Samandar og‘ushida ishva qilayotgan Nafisa ko‘z 
oldiga kelsa badaniga muz yugurardi. 
Raykom taxtini egallash uchun yo‘l ochilganida «o‘ynash haqidagi ma’lumot to‘g‘anoq 
bo‘lishi mumkin», degan ogohlantirishdan so‘ng Nafisani do‘stiga «uzatgan» edi. «Gilam 
sotsang qo‘shningga sot, bir chekkasida o‘zing o‘tirasan», deganlari shu-da! Xotindan 
kuygan Samandar xotinidan ajrashib do‘stiga arzi hol qilganida Tursunali qulay fursat 
kelganini fahmlab, kayfi oshib chuldirab qolgan oshnasiga Nafisani ro‘para qildi. Nafisa 
yig‘ladi, tarang qildi, so‘ng tayinli bir erga, yana to‘g‘ri Moskva bilan gaplashadigan olim 
erga ega bo‘lishini anglagach, ko‘ndi. Samandar ertalab bir qizning «qizlik nomusiga» 
tegib qo‘yganini bilib, qo‘rqib ketdi. Qo‘rqitishmasa ham bu go‘zal juvonga uylanishga 
jon-jon deb ko‘naverardi. Xullas, «gilam qo‘shniga sotildi», «bir chekkasida rohat ila 
o‘tirmoq» esa davom etdi. Biroq, «gilam egasi nima uchun gilamda o‘tiradi?» degan 
hasad qalbini yondiraverdi. Aslida «gilamni» sotmasa ham bo‘larkan. Raykomga olib 
boradi, deb faraz qilingan yo‘l aldamchi ekan, chiroyli jilva qilayotgan bu yo‘l birdan 
qorong‘ulashdi-yu, taxtga emas, zindonga ro‘para qildi... 
Bitta qozonda ikki qo‘chqorning kallasi qaynamaydi, deganlari balki mubolag‘adir. 
Qozon katta bo‘lsa o‘nta kalla ham qaynar. Ammo bitta yurak ikki ayolga bir xilda mehr-
muhabbat bera olmasligi aniq. U qalbini xotini Matlubaga to‘liq bo‘shatib berishni istasa 
ham, haromlik bulog‘idan suv ichishga ko‘nikkan nafs talvasaga tushib, Nafisani 
unutishga yo‘l qo‘ymaydi. «Matlubadan nima ko‘rding? To‘g‘ri, avvaliga totli edi, keyin 
chaynab tashlangan turshakning o‘zi bo‘ldi-qoldi. Egov emasmidi u? Har kuni umrni 
egovlamas edimi? — der edi nafs balosi. — Nafisa-chi? Bu dunyoning lazzatini kim berdi? 
Nafisa! Nafisa bor joyda jannatni orzu qilishning o‘zi kulgili emasmi? Mingta Matlubani 
to‘plasang bittagina Nafisaning to‘shakdagi to‘lg‘onishiga yetmaydi...» Shundan so‘ng 
ko‘zlarini yumib, o‘zini Nafisaning quchog‘ida ko‘rardi. Hammasini unutardi: ahli ayoli, 
farzandlarini ham, Xudoning balolariga uchraganini ham, bundagi azoblarni ham... 
Shunday bo‘lib kelgan edi. Hozir, xotinidan tiriklayin ajralib piqillab o‘tirgan 
notavonning alamli nolasi uni sergak torttirdi. 
«Bu azoblardan qutulib borgach, seni kutib oladigan kim? Matluba! Bolalaring!.. Sen 
ulardan boshqa yana kimga keraksan? Hech kimga! Qariganingda shular asqotadi. 
Senga bir burda nonni shu farzandlar beradi. O‘lganingda shular olib borib ko‘madi. 
Sendan boshqa er bo‘lganida sabr-toqati uchun Matlubaga haykal qo‘yardi...» Nafs 
pinakka ketgan paytlarda ojiz vijdonning pichirlab aytgan bu so‘zlarni endi sal quvvatga 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish