Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
163
Bobomurodga bu yigitchaning yoshiga yarashmagan tarz-da aqlli gaplarni aytayotgani 
avvaliga sal erish tuyulgan bo‘lsa-da, endi xush yoqayotgan edi. Shu bois Omonullo 
bilan ko‘z urishtirib olib: 
— Gapiravering, fikrlaringiz menga yoqyapti, — deb to‘g‘risini aytib qo‘ya qoldi. 
— Sizlarning ishingizda bitta xato bor: «shu odam nimaga qo‘liga pichoq oldi, nimaga 
o‘ldirdi, nimaga o‘g‘irladi?» degan savolga javob qidirmaysiz. Siz uchun bu odamning 
jinoyatni bo‘yniga olgani muhim. Sabab muhim emas. Siz o‘tni o‘rib olasiz. Ildizi esa 
qolaveradi. Men o‘ylab-o‘ylab shu ildizning nimaligini bilganga o‘xshayman. To‘g‘risi, 
bitta kitobni o‘qib turib shu fikrga keldim. Hamma jinoyatning bir qanoti NAFS, ikkinchi 
qanoti QALBning nursizligi, qalbning bo‘shligi ekan. Oyijonim shu kitobdan bir necha 
satrni yozib berdilar, o‘qiysizmi? 
Abduqayum shunday deb aravachasi yonidagi qopchiqdan to‘rtta buklangan bir varaq 
qog‘oz chiqarib, Omonulloga uzatdi. Omonullo qog‘ozni ochib avval satrlarga shoshqich 
ko‘z yugurtirdi-da, so‘ng ovozini chiqarib o‘qib boshladi: 
— «Qalbingizni o‘ylang! Inson qalbi bir go‘sht parchasidan iborat emas. Qalbda 
ma’naviy haqiqat, Rabboniy latofat jo etilgan. Qalb ayni paytda inson ko‘nglining eshigi, 
derazasidir. Derazadan tash-qariga qaraganingizda yerlarni, osmonni, yulduzlarni 
ko‘rganingizdek, qalbingizga boqqaningizda ham ko‘ngil olamingizni mushohada qilasiz. 
Bu olam— nuroniy olam: tengsiz, keng, teran olam bo‘lib, arshi a’loga qadar uzanib 
ketgan. O‘zingizni ana shu olamga o‘tganingizni, har tarafingizning nurga to‘lib-
toshganini his qiling...» — Omonullo xatni o‘qib bo‘lib avval o‘gay otasiga so‘ng jiddiy 
nigohini qadab o‘tirgan Abduqayumga qadadi: — Tayyorlab qo‘ygan syurprizingiz shumi? 
Omonullo shu savol bilan satrlar ma’nosini teran his etolmaganini oshkor qildi. 
Abduqayumning o‘zi bu satrlardan g‘oyat ta’sirlangan, boshqalar ham shu holatda 
bo‘ladimi, deb fikr qilgan edi. Bu chaqiriqning Omonullo uchun oddiy gapday 
tuyulganidan ranjib, aftini oshkora burishtirdi. 
— Bu Jo‘shon hazratning gaplari. Syurpriz ke-yinroq bo‘ladi. Siz avval 
so‘raydiganingizni mendan so‘rab oling. 
— Bizni bir narsa qiziqtiryapti: pastdagi uyda taraqlagan ovoz eshitilmadimi? Masalan, 
mix qoqilganimi yo taxtaning taraqlaganimi? — deb so‘radi Bobomurod.  
Abduqayum bir oz o‘ylab o‘tirgach: 
Eshitildi, — dedi. — Lekin men slesarlar ishlayaptimikin, deb o‘ylovdim. 
— Qanaqa slesarlar? Qachon ishlashdi? 
— Quvurlarni, isitgichlarni almashtiramiz, deb yurishgan ekan. 
— Siz ularni ko‘rdingizmi? 
— Yo‘q, biznikiga kirishmadi. Avval pastki qavatdagilarnikini almashtirisharkan. 
Opoqimga uchrashibdi. Nafisa opam ishda ekanlar, «qachon keladi?» deb so‘rashibdi. 
— Opoqingiz aytdimi? 
— Ha.  
— Omonullo, JEKka qo‘ng‘iroq qil. — Omonullo «kech bo‘ldi», degan ma’noda soatiga 
qaragan edi, izoh berdi: — Navbatchi bo‘ladi. 
— Ha, navbatchi bo‘ladi, — deb quvvatladi Abduqayum, so‘ng onasini chaqirdi: — 
Oyijon, JEKning telefonini bering. 
JEK deb atalmish idora navbatchisi telefon go‘shagini darrov ko‘tara qolmadi. 
Omonullo to‘rtinchi marta raqam tergach, norozi ohangdagi «alyo» degan tovush 
eshitildi. Omonullo o‘zini tanitganidan so‘ng «isitish quvurlarini qachon almashtirishga 
kirishasizlar?» deb so‘radi. 
— Buni xo‘jayinlardan so‘rang. Bugun shanba, ertaga yakshanba. Indinga kelib 
so‘raysiz. Biz kichkina odammiz, — deb javob qaytardi navbatchi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish