Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
152
pul nima qilsin? O‘ylay-o‘ylay chorasini topdi: umrida bir marta, ha, faqat bir martagina 
o‘g‘irlik qilish ahdi bilan avtobusga chiqdi. Qaysi cho‘ntakda pul borligini aniqlash 
san’atidan mahrum bu bolaning o‘sha kuniyoq qo‘lga tushib, qamalib ketishi hech gap 
emas edi.  
O‘sha kuni, o‘sha daqiqada, xuddi o‘sha avtobusda Bobomurod ham bor edi. Uning 
ziyrak nigohi qo‘nalg‘ada javdirab turgan Omonulloga tushganidayoq, bolaning shum 
niyatini payqadi. Shu sababli odamlar orasidan o‘tib, orqa eshikka yaqinlashdi-da 
bolaning yoniga turib oldi. Omonullo titroq qo‘llari bilan duch kelgan cho‘ntakka 
tushmoqchi bo‘lganida bilagidan mahkam ushladi-da, avtobus to‘xtagunicha qo‘yib 
yubormadi. Avtobus to‘xtagach, «qani, yur», dedi-da, bolani qariyb sudrab tushdi. 
Qo‘rqib ketgan Omonullo qarshilik bildirolmadi. U «milisa ushlab oldi, tamom, endi 
qamaydi», deb o‘ylagan, o‘g‘rining qo‘liga tushgani xayoliga ham kelmagan edi. 
Bobomurod uni bog‘ tomon boshlab borib, o‘zi o‘rindiqqa o‘tirdi-da, bolaning ko‘ziga 
tikildi: 
— Qani, menga qara-chi, faqat to‘g‘risini ayt, nimaga o‘g‘irlik qilmoqchiyding? 
Omonullo piqillab yig‘lay boshladi. 
— O‘chir! Mishig‘ingni art! — deb do‘q urdi Bobomurod. — Soqol-mo‘yloving chiqib 
qolibdi-ku, erkakmisan o‘zing?! Nimaga yig‘lyapsan? 
— Qo‘limni qo‘yib yuboring... 
Qo‘yib yuborish o‘rniga Bobomurod uning bilagini yanada qattiqroq qisdi: 
— Ayt, deyapman: nimaga birovning cho‘ntagiga tushmoqchi bo‘lding? 
— Tushmoqchimasiydim. 
— Sen o‘g‘il bola bo‘lsang — mard bo‘l, to‘g‘ri gapdan qochma. To‘g‘risini aytsang, 
qo‘yib yuboraman, aldamoqchi bo‘lsang — o‘zingga qiyin. Shu qo‘lingni avval kuydirib, 
keyin terisini shilib olaman. Kissavurning jazosi shu bo‘ladi. Aslida-ku, kesish kerak, 
mayli, yosh ekansan, ayayman, kuydirib qo‘yaqolaman. 
Bobomurod xuddi shu ishga jazm qilganday ishonarli ohangda aytib, bolaning 
esxonasini chiqarib yubordi. 
Omonullo bu odamdan osonlikcha qutula olmasligini anglab, yig‘lamsiragan holda: 
— Oyim og‘ir kasallar, doriga pul yo‘q... — dedi. 
U ham o‘z xayolida bu gapni ishonarli ohangda aytgan bo‘ldi. Titroq ovozi 
ishontirishga undasa-da, ko‘zlari alday olmadi. 
— Qani, menga qarachi, — dedi Bobomurod, bolaning dahanini ushlab. — Yana 
yolg‘on gapiryapsanmi? Mening ko‘zlarimga bir qaragin: bular ko‘z emas, rent-gen. 
To‘g‘risini aytsang, kerakli pulni o‘zim beraman. O‘g‘il bola gap — shu! 
Omonullo yana bir marta aldagach, Bobomurod uning yuziga tarsaki tortib yubordi. 
— Sen o‘g‘ri emassan, sen qo‘rqoqsan, sen hezalaksan! O‘g‘irlik ham qo‘lingdan 
kelmaydi! 
Bu gaplar Omonulloning qo‘rquvdan yarador qush kabi potrayotgan yuragiga dalda 
bo‘ldi-da, to‘g‘risini ayta qoldi. Ammo shunda ham qo‘li bo‘shamadi. 
— Endi qo‘yvoring, — dedi yalinib. 
— Hali bizning savdomiz pishmadi, bola-paqir. Senga va’da berdimmi, demak, 
bajaraman. Qo‘linga-ku, pul bermayman. Magazinga boramizu ko‘nglingga yoqqan 
narsani ko‘rsatasan, narxiga qaramaysan, million so‘m bo‘lsa ham olib beraman, o‘g‘il 
bola gap bitta bo‘ladi! Ungacha bitta-ikkita narsani so‘rayman, javob berasan: nima 
uchun otangga yo onangga aytmading, yo uyaldingmi, a? 
Ota-onasiga doir har qanday savol Omonullo uchun g‘oyat og‘ir yuk edi. Yetti yoshida 
yetim qolganini aytish chog‘ida go‘yo uning yuragi to‘xtab qolganday bo‘laverardi. Otasi 
bilan onasi ishdan qaytayotganda tushgan avtobus muzlagan yo‘lda tiyg‘anib, chuqur 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish