Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
olib, shu yerga tashladi. Xuddi kinodagiga o‘xshaydi, to‘g‘rimi? Menga-ku baribir, o‘sha 
og‘aynimga qiyin bo‘ldi-da. Oling, okaxon, oxirigacha ichib qo‘ying, dunyoning tagiga 
yetasiz. Bir pasdan so‘ng yana dasturxon kiradi, qarab turasiz. Oshna-og‘aynilar omon 
bo‘lishsin, meni xorlatib qo‘yishmaydi. 
Bu gapni Samandar «sizda ham oshna-og‘ayni bormi?» degan savol ma’nosida 
tushundi. Ilgari xayoliga shunday savol kelmagan ekan. «Boshimga tashvish tushsa 
dalda beruvchi do‘stim bormi?» deb fikr qilgan Samandar hozir o‘zini sahro o‘rtasidagi 
yakka daraxt kabi his etdi. Endi bu daraxt suvsab, oftob nurida qovjiraydimi? Bu yigit bir 
necha soatdan so‘ng chiqib ketishini bilyapti. Samandar esa hibsxonada necha kun yoki 
necha yil bo‘lishidan bexabar. Bu yer bir necha kunlik qamoqxona ekanini, ayb sirtmog‘i 
bo‘yniga astoydil solinadigan bo‘lsa boshqa joyda alamlar tuzini totmog‘ini ham 
bilmaydi. Uni hozir iztirobga tashlayotgan narsa — o‘n yil yotsa ham, hatto qotil deb otib 
tashlansa ham birov bilmay qolishi mumkin. Bilganda ham afsuslanmasligi, kuymasligi 
aniq. Opa-singillarining kelishi ham mahol. Ular o‘z oilalari, o‘z tashvishlari bilan band. 
Bu shaharga hali biron marta ham kelmagan to‘ng‘ich opasining turmush tashvishlaridan 
ortib, qamoqdagi ukasini yo‘qlashini tasavvur qilish qiyin. Qishloqqa ikki yildan beri 
bormayotgani inobatga olinsa, mehr-oqibat iplarining zaiflashib, balki chirib, uzilishga 
moyil bo‘lib qolgani tabiiydir. Amakivachchalariyu xolavachchalari bilan qachondan beri 
bordi-keldi qilmasligimni hatto eslay olmaydi. 
Sermanzirat yigitning gaplaridan keyin xayolini o‘zidan uzoqlashgan do‘stlari, 
qarindoshlari to‘la egallamadi. O‘zini yo‘qlovchi mehribon yo‘qligidan bir oz o‘ksindi-yu, 
so‘ng bo‘lajak taqdirini o‘yladi. Yigitning manziratlari ham, ezmaligi ham yoqmay qoldi. 
Uzr aytdi-da, eshikka yaqin karavotga o‘tib, cho‘zildi. Yigit ham nafsini qondirib bo‘lgach, 
taomlarni dasturxonga o‘rab qo‘ydi-da, bo‘sh karavotga o‘tib yotdi. Yotgan joyida 
kerishib, rohatlandi. Dam o‘tmay yengil xurrak ota boshladi. 
Samandar esa shu topda o‘z siriga mahram bo‘la olguvchi odamga hojat sezdi. 
Ahbobga muhtojlikning qamoq azoblaridan ham battarroq ekanini fahmladi. Odamning 
fojiasi o‘lim emas, vohidlik ekanini anglab yetmoq mushkul. Odam bolasi istaydimi-
yo‘qmi, qochmaydimi yo qochadimi farqsiz — o‘lim sharobini ichadi. Vohidlik esa o‘zining 
ixtiyori bilan yuzaga keluvchi ofatdir. Hozir Samandar bu ofatning tariqday mevasini 
totdi. Bir necha soatdan so‘ng tamaki hidiga to‘lib ketgan bu dim xonani tark etib 
uchoqqa o‘tirganida, Moskva sari uchganida esa bu azoblarni, bu fojialarni yana unuta 
boshlaydi. 
Hozir esa hamqishloq do‘sti Tursunali bilan shaharda uchrashib qolgan onlarini 
la’natlay boshladi. Moskvalik mehmonlar bilan restoranda o‘tirganida maishat qilish 
maqsadida kirgan oshnasi bilan uchrashgan edi. Keyin sovxoziga taklif qildi. Bog‘da 
maishat qilishdi. Choy ko‘tarib kirayotgan Nafisaga suqlanib qaradi. Bu qarashning 
ma’nosini uqqan Tursunali shu tunning o‘zidayoq kayfi oshgan do‘stining nafsini 
qondirish choralarini qildi. Chora amal berdi-yu, o‘sha tun bahonasida Samandar xotinlik 
bo‘lib oldi. Endi esa... o‘sha tunni ham la’natladi... 
Umrining turli nuqtalariga la’nat toshlari otib o‘tirganida eshik ochilib soqchi kirib 
keldi-da, yigitni turtib uyg‘otgach: 
— Qo‘lingni orqaga qil! — deb buyurdi. 
— Nega endi okaxon? — dedi yigit uyqusiragan holda.  
Soqchi unga javob bermay qo‘lini qayirib kishanladi-da: 
— Endi uka, shahar turmasiga ko‘chadigan bo‘lding. Prokuror senga ish ochganga 
o‘xshaydi, — deb afsusini bildirib qo‘ydi. 
— Menga ish ochadimi, menga ish ochadigan prokuror hali onasining qornida yotibdi! 
— Bo‘ldi, baqirma, yur, — soqchi shunday deb uni yelkasiga turtib, olib chiqib ketdi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish