Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
149
Ozod bo‘lishga ishonchi komil bo‘lgan yigitning ahvoli shu bo‘lganidan keyin 
Samandarning ahvoliga maymunlar yig‘lamasmikin? Samandar shu fikrda ezilib 
yotganida yana eshik ochildi, ammo soqchi emas notanish bir yigit kirib salom berdi-da: 
— O‘rtoq Ochilov, yuring, anglashilmovchilik bo‘libdi, — dedi. 
Shu anglashilmovchilik tufayli, Samandar kutganidek uning holiga maymunlar 
yig‘lamaydigan bo‘lishdi. 
Samandar hibsxonada ezilib o‘tirganida Omonullo Nafisa bilan Sanjar ishlagan 
kooperativga yana bordi. Bu korxona moliyaviy ahvolining tekshiriluvi Omonulloga zarar 
yetkazdi: xodimlar u bilan yanada cho‘chibroq gaplashishdi. Oqibatda Nafisa bilan Sanjar 
munosabatlarini oydinlashtira olmadi. Nima uchun uyga borganlari u uchun mavhum 
bo‘lib qolave-radi. 
Ertalabdan beri quyosh bilan berkinmachoq o‘ynayotgan o‘rkach-o‘rkach bulutlar 
osmonu zaminga hukmronlik o‘tkazish qasdida birlashmoqqa kirishgan edilar. Oftob 
nuridan bebahra yer yuzi momaqaldiroqlarni kutib dim bo‘lib oldi. Azaldan dim havoga 
toqatsiz Omonulloni ter bosdi, nafas olishi esa og‘irlashdi. Qo‘nalg‘adagi joyidan 
jilayotgan avtobusni ko‘rib hushtak chalgan edi, haydovchi insof qilib to‘xtadi. Omonullo 
oldingi qatordagi bo‘sh o‘rindiqqa o‘tirishdan oldin oynani yon tomonga surib, ochdi. 
Shabada iliq bo‘lsa ham ko‘kragiga rohat berdi. Bo‘yniga oq chit ro‘mol tashlab olgan 
haydovchi radio ovozini balandlatib, ashulaga mast bo‘ldi. To‘ylarni gullatayotgan bu 
qo‘shiq Omonulloga ham ma’qul kelib, xufton dili jindek yorishdi. Ashuladan so‘ng bir 
shoir bosiq, dardli ovozda she’r o‘qiy boshladi: 
— Qaytayapman, o‘zimni ko‘mib... 
She’rning birinchi satriyoq Omonulloning diqqatini o‘ziga jalb qildi: 
Tog‘lar — g‘arib, bog‘lar — tashlandiq. 
Men ko‘milgan tuproq it bo‘lib 
Yuzlarimni yalay boshladi. 
Bu satrlarni eshitib Omonulloning eti seskandi. Haydovchi radio ovozini pastlagan edi
«Og‘ayni, eshitaylik!» deb iltimos qildi. 
Ey so‘qir zot, ko‘zlaringni och! 
Ko‘zlarimda qonim qaynaydi. 
Qaro kiygan qaro qayrag‘och 
Bu kun mendan tona olmaydi. 
... Siynalari pajmurda, zahil 
Daraxtlarga termular ayol... 
 
Tiriklik holida ko‘rinmagan Nafisa nechundir Omonulloning nigohi oldida gavdalandi: 
o‘lik ayol emas, ko‘zlari ochiq juvon ko‘rindi. Dardli nigohi, savolli nazari bilan qaradi: 
Nafisaning ko‘zlari «Meni kim o‘ldirdi? Nima uchun o‘ldirdi?» deb so‘rar, radioda esa 
shoir bo‘g‘ilib she’r o‘qirdi; 
Odam — hissiz buyuk haqiqat, 
Odam — go‘rda tirilgan armon... 
Odam — qatra zardobrang hasrat... 
Odam — beun, besukun xayol... 
Odam — boshi kesilgan bulut... 
Odam — og‘ir oyoqli Ayol... 
Odam — armon va... 
Odam — umid... 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish