Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
— Buning ustiga bo‘lajak akademikning eriman. 
— Ha, shunaqa desak ham bo‘ladi. Lekin siz gapni burmay turing. Siz menga ayting: 
Boburni bilmagan, tushunmagan odamni ziyoli deyish mumkinmi? Qani, mana bu yerga 
o‘tiring-chi! 
Omonullo kulimsiragan holda itoat etdi. 
— Kulmang, deyapman. 
— Xonim, tarix darsi uchun tunning qolgan yarmi yetarli bo‘larmikin? Balki boshqa 
tunga qoldirarmiz? 
— Yo‘q, hozir aytmasam, yorilib ketaman. Eshiting: — Fotima shunday deb kitobning 
kerakli varag‘ini ochib, o‘qiy boshladi: — ...Muhammad Humoyun... olti oygacha anda 
edi: zohiran ani yer va suyi xush yoqmadi. Isitma tutar ekandur, bora-bora uzoqqa 
tortar» Tushundingizmi? — Fotima kitobdan bosh ko‘tarib, eriga gapira ketdi: — 
Boburning o‘g‘li xasta ekan. Uni avval Dehliga keyin kemaga o‘tqazib Agraga olib 
kelishni buyuryapti. Humoyun mirzoga tabiblar chora topib berisholmagach, Mir 
Abulqosim degan kishi deydiki, — Fotima endi yoddan ayta boshladi: — «Ushmundoq 
dardlarga davo budurkim, yaxshi nimarsalardan tasadduq qilmoq kerak. Toinki Tengri-
taolo sihhat bergay. Mening ko‘nglumga keldikim, Muhammad Humoyunning mendin 
o‘zga yaxshiroq nimarsasi yo‘q. Men o‘zum tasadduq bo‘layin, Xudoy qabul qilsun. Xoja 
Xalifa, o‘zga muqarrablardin arzga tegurdilarkim, Muhammad Humoyun sihhat topar, siz 
bu so‘zi nechun tilingizga kelturasiz? G‘araz budirkim, dunyo molidin yaxshisini tasadduq 
qilmoq kerak. Bas, o‘sha olmoskim, Ibrohimni urushida tushub erdi...» bu yerda 
dunyoga mashhur Ko‘hi nur olmosi nazarda tutilayotgan bo‘lsa kerak. Tushunyapsizmi? 
Ular «o‘zingizni emas, shu qimmatbaho buyumni sadaqa qilsangiz ham yetar», 
deyishibdi. Bobur nima debdi: «Tilga keldikim, dunyo moli aning evaziga nechuk bo‘lgay, 
men aning fidosi qilurmenkim, hol anga mushkul bo‘lubdur. Va andin o‘tubturkim, men 
aning betoqatligini toqat keltur-g‘aymen. O‘shal holatga kirib, uch qatla boshidin 
o‘rgulub, dedimkim, men ko‘tardim har ne darding bor. O‘shal zamon men og‘ir bo‘ldum, 
ul yengil bo‘ldi. Ul sihhat bo‘lub qo‘pti. Men noxush bo‘lub yiqildim...» Xo‘sh, bunga nima 
deysiz? Qaysi podsho o‘g‘liga jonini sadaqa qilgan? Husayn Boyqaromi? Ikkovini 
solishtiring: biri nabirasini o‘ldirtirdi, biri jonini o‘g‘liga hadya qildi. 
— Men ham gapirsam maylimi? — dedi Omonullo xuddi o‘quvchi bola kabi qo‘l 
ko‘tarib. Fotima sal chegaradan chiqqanini fahmladi-yu, ammo sir boy bergisi kelmay bir 
oz jilmaygan holda amr etdi: 
— Gapiring, o‘rtoq kapitan, so‘z sizga! 
— Birinchidan, bu satrlarni menga avval ham o‘qib bergan edingiz, xonim. Ikkinchi 
gapim shuki, avval aytmovdim, endi aytaman: agar mening o‘g‘lim bo‘lganida uch marta 
emas, uch ming marta atrofini aylanardim. Bitta emas, uch mingta jonim bo‘lsa, 
hammasini sadaqa qilib yuborardim. 
Fotima yarim tundagi suhbatning bu tarzda nozik torlarni chertib yuborishini sira 
kutmagan edi. Shu sababli taslim bo‘lishdan o‘zga chorasi qolmadi. Kitobni yopdi. 
Kipriklari nigohini to‘sdi. Siniq ovozda: 
— Ovqat yemaysizmi? — deb qayta so‘radi. So‘ng eriga iltijo bilan boqdi: — Yana 
ozgina sabr qiling... 
Omonullo hozir uy yo‘lagida turib shuni esladi. Hovlida o‘ynab yurgan bolalarga qarab 
havasi keldi. «Uylangan yilim tug‘ib berganida hozir yetti yoshga to‘lardi. Qo‘lidan 
yetaklab yurardim. Maktabiga olib borib, olib kelardim. O‘zi Hindistonida yursa 
yuraverardi...» 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish