Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
— Akaxonlar, yilda bitta juvonni o‘ldirib ketishgan bo‘lsa, gaplaringga tushunardim. 
O‘ntami-o‘n beshtami egasiz o‘lik yotibdi... 
Oshnalardan biri tarang qilayotgan yigitning cho‘ntagiga pul qistirgach, ichkari kirib 
Nafisani tanidi. 
— Shu juvon, o‘rab bering, uka, olib ketaylik,— dedi. 
— Sizlar kimi bo‘lasiz, ruxsat oldilaringiz- mi? — degan savolga javob bo‘lmagach, pul 
ham yordam bermadi. Uchovlari shomga yaqin izlariga qaytishdi. Ertasiga yetib kelgan 
Nafisaning tog‘asi bilan yana shaharga tushib, mayitni oldilar. Nafisaning tog‘asi janoza 
qishlog‘ida bo‘lajagini aytgach, noiloj unga ergashdilar. 
Dafn marosimida kuyib yig‘laguvchi bo‘lmadi. 
Faqat achindilar: 
«Yosh ketdi, bechora...» 
Otaga farzandining qabriga bir siqim tuproq tashlash nasib etmadi. Xudo hattoki shuni 
ham ko‘p ko‘rdi unga... 
Omonullo bu gaplardan bexabar bo‘lgani uchun ma-yitning kechikib olib ketilishidan 
ajablangan edi. O‘likxonadagilar bilan gaplashib dastlab uch notanish odamning, so‘ng 
ertasiga marhumaning tog‘asi kelganini bilgach, Toshboltaning qishlog‘iga borish ehtiyoji 
tug‘ildi. Uning nazarida bu holatda ham qandaydir sir yashirin edi. 
Omonulloni depara ichki ishlar bo‘limining vakili Toshbolta yashaydigan qishloqqa 
boshladi. Vakil hech bir lutfsiz, manziratsiz eshikni ochib, hovliga kirib bordi. Omonullo 
esa unga ergashdi. Toshbolta ayvonda, bir necha kun avval qo‘shnilar yotqizib qo‘ygan 
joydan jildirilmagan edi. Bemorning bosh tomonida o‘tirgan oq do‘ppili qariya qur’ondan 
oyatlar o‘qib vaqti-vaqti bilan dam solib qo‘yardi. Kir chayayotgan Adolat hovliga bostirib 
kirgan notanish erkaklarni ko‘rib, qo‘llarini peshbandiga artganicha o‘rnidan turdi-da, 
ularga ro‘baro‘ bo‘ldi. 
— Biz militsiyadanmiz, — dedi vakil, so‘ng e’tiborsizlik bilan qo‘shib qo‘ydi: — siz 
ishingizni qilavering. Domla o‘qib bo‘lgunicha kuta turamiz. 
— O‘qimay o‘la qolsin, bu domla, bir foydasi bo‘lsa ekan, — dedi Adolat ming‘irlab. 
Bu gaplar ming‘irlab aytilgan bo‘lsa-da, Omonullo eshitib ajablandi. «Bu xotinning esi 
joyidami o‘zi?» deb o‘ylab, ayvonga yaqinlashdi. Oq do‘ppili qariya unga bir qarab oldi-
yu, o‘qishini, dam solishini davom ettirdi. Toshboltaning ochiq ko‘zlari shiftga qadalgan
faqat dam solingan paytda behalovat tarzda, nimanidir izlaganday alang-jalang bo‘lib 
ketardi. Qariya faqat o‘zi eshitadigan tarzda pichirlab duo o‘qidi-da, bemorning yelkalari, 
boshini uqalagach o‘rnidan turdi. Omonullo bilan hilmlik ila so‘rashdi. Shunda Omonullo 
qariya yuzida ajib pokizalik, ajib nurni il-g‘adi. 
Adolat ayvonga yaqinlashib, sholchaning bir chetini ko‘tardi-da, pul olib «mang, ota», 
deb uzatdi. 
— Hojati yo‘q, singlim, — dedi oq do‘ppili qa-riya.— Men Ollohning roziligi uchun xolis 
xizmat qildim. Yaratgandan shifo tilang, ammo sergak turing. Umid — yolg‘iz Ollohdan
— qariya shunday deb bir-ikki qadam bosdi-da, to‘xtab, orqasiga qaradi: — Ha, 
darvoqe, singlim, Xudo xayringizni bersin. Zinhor ba zinhor «o‘qimay o‘la qolsin, bu 
domla», demang. Gunohlardan o‘zingizni asrang. Ajrni berguvchi yolg‘iz Ollohdir. 
Adolat bu tanbehdan uyalib, qizarib o‘tirmadi, «shuni ham eshitibdimi-ya?» deb qo‘ya 
qoldi. Omonullo esa «ming‘irlab aytilgan bu gap qanday ma’lum bo‘ldi?» deb ajablandi. 
Oq do‘ppili qariya chiqib ketgach, Omonullo ayvonga ko‘tarilib bemor yoniga o‘tirdi-
da, salom berdi. Ahvolni ko‘rib turgan bo‘lsa-da, ko‘ngil uchun: 
— Salomatligingiz yaxshimi endi? — deb so‘radi. 
Toshbolta uni ko‘rib, tanidi, ko‘zlari bejo bo‘ldi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish