Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
«Politbyuro» berkitilgan boylik va boylik egasining taqdirini hal qilayotganida Nuriddin 
bilan Tursunali o‘zaro munosabatlarini oydinlashtirayotgan edilar. Aniqrog‘i, Nuriddin 
oydinlashtirayotgan edi. Bu ovloqda bir-birlarini ko‘rganlarida hali notanish bo‘lsalar ham 
suyunib ketishgan edi. Harholda begonalar orasida hamyurtlarning bir-birlariga dalda 
bo‘lishi yaxshi-da. Kunlar, haftalar o‘tgani sayin fe’li, tabiati, dunyoqarashi turlicha 
bo‘lgan bu ikki mahbusning dastlabki suyunchlari so‘na bordi. Ayniqsa, Nuriddinda bu 
odamdan uzoqlashish istagi tug‘ildi. Tursunalining ham bu mag‘rur yigitga da’vosi ko‘pa-
yib borayotgan bo‘lsa-da, lozim paytda himoya qila olishi mumkinligi sababli undan nari 
ketishni xohlamadi. U «O‘zbekning kichigi bo‘lgunicha kuchugi bo‘lgin», degan maqolni 
bu yerda ham amal qilishini istar edi. U avvaliga Nuriddinni «tug‘ishgandan a’loroq 
ukamsan», deb izzat qilib yurdi. Keyinroq «aka»lik martabasi kamlik qilib, «xojalik»ni 
da’vo qila boshladi. U hordiq chiqarish paytlarida o‘zining mavqei, shon-shuhrati haqida, 
shu shuhrati oqibatida ko‘p dushman orttirgani va tuhmat bilan bu baloga uchragani 
to‘g‘risida gapirardi. Shaharda hali ham baland martabali akaxonlari, og‘aynilari borligi, 
Nuriddin ozodlikka chiqqach quchoq ochib kutib olajaklarini tez-tez pisanda qilardi. Bora-
bora bu gaplar Nuriddinning me’dasiga tegdi. Pisanda soyasida «Sen menga hozir 
sidqidildan xizmat qilaver, ozodlikka chiqqaningdan keyin mening valine’matlarim seni 
panohlariga olishadi», degan ma’no yashiringanini ham fahm etdi. Shu bois 
Tursunalining hasrat daftari ochilishi bilan bir narsani bahona qilib, turib ketadigan 
bo‘ldi. Tursunali buni sezdi-yu, «bilagida kuch bor-u, boshida aqli yo‘q bu bolaning», 
degan hukmga keldi. Dorulomon kunlari bo‘lganda-ku, bu «boshida aqli yo‘q bola»ni 
sariq chaqaga ham olmas edi-ya! Bu ovloqda suyanadigan boshqa odami bo‘lmagani 
uchun chidadi. Hatto bir kuni Nuriddin «Aka, yukni hadeb menga yuklayvermang, 
aravangizni o‘zingiz ham torting-da, judayla o‘ligingizni tashlab oldingiz», deb qo‘rslik 
qilganida ham tishini tishiga qo‘ydi. Bunga o‘xshagan «manqa yigitlar» ilgari ostonasida 
sarg‘ayib o‘tirishardi. Bu esa... 
«Politbyuro» ish boshlaganida qamoq lagerining tobelari kechqurungi ovqat bilan 
qorinlarini aldab, yotar joylarga tarqalayotgan edilar. «Qorinlarini aldab», deyilishining 
boisi — oshxonada alyumin kosalarga suzib beriluvchi suyuqlikning nomigina «ov-qat» 
edi. Tursunaliga o‘xshab umri maishatda o‘tganlarning oshqozonlari bunday aldovga 
chiday olmasdan qiynalardi. Xullas, navbatdagi aldovdan so‘ng nazoratchi mayor dam 
olish umidida chiqib ketayotgan Tursunali bilan Nuriddinni to‘xtatib, «idish-tovoq 
yuvishga o‘tlaring», deb buyurdi. Agar «nima uchun biz yuvishimiz kerak?» deb e’tiroz 
bildirilguday bo‘lsa, bu kamlik qilib, tuni bilan ishlab chiqishlari mumkinligini bilganlari 
uchun, mulla mingan eshak holida buyurilgan ishni bajarishga kirishdilar. Nuriddin uchun 
bunday yumushning og‘irligi ham, malolligi ham yo‘q, u bundan battar yumushlarni 
bajaraverib o‘rganib ketgan. Tursunali uchun esa mazkur holat xorlikning bir ko‘rinishi 
edi. Shu sababli nazoratchi sal nari ketishi bilan diydiyosini boshladi: 
— Bu dunyoda adolat deganning o‘zi yo‘q, — dedi u ming‘irlab. — Kun bo‘yi ishlab 
berganim kammi bunga? Shunaqa paytda Xudodan ham xafa bo‘lib ketaman. Men 
xalqning noni butun bo‘lsin, deb tunu kun tinim bilmas edim. Terim paytida haftalab 
uyga kelolmas edim... 
Tursunali shu tarzda yana eski ashulasini boshladi. Nuriddin uning gaplarini 
eshitmaslik uchun kosalarni atayin bir-biriga urishtirib, shovqin chiqarib yuvardi. 
Tursunali esa buning fahmiga yetmay bitta kosani ko‘tarib olganicha likopcha ushlab
katta ashulani olayotgan hofiz kabi turib, ming‘irlashini davom ettirdi. Me’daga teguvchi 
bu «katta ashula» oxiri Nuriddinning sabr kosasini toshirdi: 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish