Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
Ular bu uydan chiqib to‘g‘ri sovxoz idorasiga bordilar. Yangi direktor «Nafisa Boltaeva 
nima uchun kelgan edi?» degan savolga «Men rahbar bo‘lganimdan beri uni ko‘rganim 
yo‘q. Tursunali akamga kelib turardi», deb javob berdi. Omonullo gapni har qancha 
chalg‘itsa ham «kelmagan, ko‘rmaganman», deb turib oldi. 
Omonullo xayrlashar mahalida «yana kelamiz, uchrashamiz», deganida ham u «yana 
kelsangiz ham gapim shu: ko‘rmadim», — dedi. 
Yangi direktor aldamadi: Nafisa kelganida u shaharda edi. Juvonning kelib-ketganini 
bog‘ qorovulidan eshitib, «eh attang!» deb afsuslangandi. Omonulloning savollaridan 
keyin «yaxshi hamki u falokat kelganida yo‘q ekanman», deb shukr qildi. 
 
LUQMA 
(Qotillikdan avvalroq sodir bo‘lgan voqea) 
Tursunali boyligini qaerga yashirganini aniq ayt-gan bo‘lsa ham Tengiz shoshilmadi. 
Qish o‘tib bahor kelsa-da, xazina haqida gap ochmasdan yuraverdi. Bu orada 
Tursunalining yarasi tuzaldi. Lager huzuridagi hibsxonada yotib, tergovchi so‘roqlariga 
javob berdi. Tursunalining baxtiga tergovchi uni urmadi, qiynamadi-yu, oxir-oqibat 
«o‘zini himoya qilayotganida meyor-ni oshirib yuborgani uchun» yana qo‘shib berishdi. 
Lager hibsxonasidan chiqqanida Tengiz uni yo‘qlab, dalda berdi: 
— Umrim qamoqda chirir ekan, deb afsuslanma. Agar aytganing rost chiqsa, seni 
yurtingdagi lagerga jo‘nattiraman. Muddating yarmidan o‘tishi bilan erkinlikka chiqasan. 
Mening gapim — gap! 
Tursunali bu gaplarga bir ishonib, bir ishonmay yurdi. Ishonmagani — muddati 
yarimlagunicha kim boru kim yo‘q. Ayniqsa, bu o‘g‘rilar olamida bugun bor odamning 
ertaga izsiz ketishi hech gap emas. Bu Tengiz deganlari ham kerilib yurgani bilan 
zo‘rrog‘iga duch kelsa, iniga kirib ketishi aniq. Tengizning gapiga ishonganining sababi 
esa, undan bo‘lak hech kim dalda bermadi. Va’da yolg‘on bo‘lgan taqdirda ham harholda 
dalda edi. «O‘g‘rilar bir so‘zli», deb eshitgan. Uning umidi shundan edi. 
Bahor yomg‘iri ezib yog‘ayotgan kunlarning birida Tursunali Tengizga duch kelib: 
— Topdilaringmi, aldamabmanmi? — deb so‘radi. Bu bilan «Va’dangni qachon 
bajarasan?» demoqchi edi. Tengiz uning maqsadini anglab, yuziga yengil shapati urib 
qo‘ydi: 
— Shoshilma, har ishning vaqti-soati bor. 
— Topdinglarmi o‘zi? — dedi Tursunali, Tengizning javobidan qoniqmay. 
— Shoshilma, deyapman-ku. Cho‘michga aytgan joyingga borishibdi. U yerda chindan 
ham yo‘q ekan. 
— Bolalarimga tegishmabdimi? 
— Ha, ana, aqling joyida ekan-ku! Bolalaringni endi esladingmi? Cho‘michga yolg‘onni 
aytayotganingda o‘ylamovmiding? Borishsa, topisholmasa, bolalarimni qiynashsa... 
Xotiningni, qizlarningni zo‘rlashlari ham mumkin edi, a? Sen bizdan qarzdorsan. 
Biznikilar bo‘lishmaganda qizlaring juvon holida erga tegardi. Nomussizlik sizlarda ham 
azob, a? Men oilangni himoya qilaman, deb va’da berganmanmi, demak shunday bo‘ladi! 
— Tengiz shunday deb uning yuziga yana yengil shapati urdi-da, yo‘lida davom etdi. 
Tengizning «nomussizlik — sizlarda azob, a?» deb qo‘yishi Tursunalini tashvishga 
soldi. «Xotiningni, qizlaringni zo‘rlashlari mumkin edi», degani esa badanini muzlatib 
yubordi. Shu paytgacha «norasida qizlarimni birov zo‘rlashi mumkin», degan gap 
xayoliga kelmagan edi. Tengizning gapidan so‘ng esa, shu dahshat sodir bo‘lgandek, bir 
necha kungacha ezilib yurdi. Davroni kelgan paytlarda, ayshini surgan kezlarida «shular 
ham birovning qizi-ku?» deb o‘ylamagan edi. Hatto Nafisaning nomusiga ega chiqqanida 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish