Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
Bilmayman, dema, bilasan. Bu yerda bekorga o‘tirganing yo‘qdir. Meni ham shuning 
uchun chaqirtirishibdi. Bular Af-g‘onistonni topshirishmoqchi! Qo‘shinni qaytarishmoqchi! 
Bunga chidash mumkinmi?! Yo‘q! Sen chidasang chidayver, ammo men chiday 
olmayman! Axir u yerlar rus qoni evaziga olindi. Xalqi tamoman qirib tashlansa ham 
Afg‘onistonni qo‘ldan bermaslik kerak. Afg‘oniston — Pokiston kaliti, Hindiston kaliti, 
Hind okeani yo‘li! Hindiqushchi? Bunday strategik qulay joy yana qaerda bor? Endi sen 
ayt: qaysi ahmoq kalitni o‘z ixtiyori bilan beradi? 
U yana bir oz asabiylashgan holda aroq quydi: 
— Rossiya shuhratining so‘nishiga sira yo‘l qo‘ymaymiz! 
Samandarning ko‘zlariga qadah avval ikkita, so‘ng uchta bo‘lib ko‘rindi, keyin 
chirpirak bo‘lib aylana boshladi. Rossiyaning shuhrati uchun ichishga qurbi yetmay 
yoniga shilq etib yiqildi. 
— O, Sashok, ichishni eplay olmas ekansan-ku! 
Medvedev shunday deb uni ikki qo‘ltig‘idan oldi-da, sudrab borib karavotiga yotqizdi. 
— Bo‘pti, Sashok, omon bo‘l! Bir oz ko‘nglim yozildi. Ammo sen mening gaplarimni 
unut! 
Shunday deb yarimdan ozaygan shishani ko‘tarib, bir oz gandiraklagan holda xonadan 
chiqdi. Dam o‘tmay qo‘shni xona eshigi taqillay boshladi. U endi ertalabgacha birga 
ichishi mumkin bo‘lgan «tirik odam» izlardi. 
Hammayoqni bulg‘ab tashlagan Samandarni esa ertalab harbiylar shifoxonasiga olib 
ketishdi. 
ARMON 
 
Tish og‘rig‘ining davosi ombur, deganlaridek, Omonullo o‘zidagi qo‘rquvni yengishga 
kuch topib, tish tabibiga kirdi-yu, bir necha daqiqada ko‘zlari moshdek ochildi, qorong‘u 
dunyosi yorishdi. Avvalgi kuni e’tibor bermagan narsalar endi muhim bo‘lib ko‘rinaverdi. 
O‘sha kuni Abduqayumning uyidan chiqqach, doktiloskopist uni ichkari xonaga 
chaqirdi-da, po‘lat sandiqdagi qonli dog‘ni ko‘rsatdi: 
— Eshik tutqichlarida ham ayni shu iz. 
Omonullo po‘lat sandiqni sinchiklab ko‘zdan kechirdi: ochishga urinilmagan. Balki o‘z 
kaliti bilan ochib-yopilgandir? «Kim ochib yopgan? Ochilovmi? Pullarini olib qochganmi?» 
Omonulloning xayoliga kelgan birinchi fikr shu bo‘ldi. Samandardan barmoq izlarini olib, 
qonli izlar bilan solishtirib ko‘rilmagunicha aniq bir qarorga kela olmas edi. Shu sababli 
uning qaerdaligini aniqlash maqsadida ishxonasiga yo‘l oldi. 
Telefondagi savol-javobdan so‘ng uning kelishini kutishayotgan ekan. Tashqaridan 
qaraganda ko‘rimsizgina bo‘lgan uch qavatli uy temir panjara bilan o‘ralgan edi. 
Omonullo darvoza yonidagi qorovulxonadan nariga o‘ta olmadi. Qorovulxona 
odatdagidan ko‘ra keng-roq, uchdan ikki qismi bel barobar taxta to‘siq bilan ajratilgan 
edi. Odamlar o‘tishi uchun mo‘ljallangan yo‘lak o‘rtasiga xuddi metrodagi kabi ochilib-
yopiladigan to‘siq qo‘yilgan edi. Xuddi shu joyda to‘xtagan Omonulloning guvohnomasini 
ko‘rishdi. Avvaliga to‘siq yonida turgan yigit harfma-harf o‘qiyotganday tikildi. So‘ng bir 
suratga, bir Omonulloga tikildi-da, guvohnomani xona to‘rida o‘tirgan o‘rta yosh, tepakal 
kishiga olib borib berdi. Tepakal ko‘zoynagini taqdi, bu ham kamlik qilib, tortmasidan 
toshoyna chiqarib guvohnomani sinchiklab tekshirdi. Keyin o‘ng tomondagi kompyuter 
tugmalarini bosib, besh-olti daqiqa davomida nigohini ekrandan olmay o‘tirdi. Ekranda 
javob yozuvlar paydo bo‘lganidan keyingina buyruq ohangida «o‘ting» deb qo‘ydi. 
Omonullo avval hovliga, keyin uch qavatli binoga o‘tsam kerak, degan fikrda 
«qayoqqa boramiz?» deb so‘radi. Yigit unga javoban jilmayib qo‘ydi-da, to‘siqni ochib, 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish