Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
Najot — O‘LIM! Qanday go‘zal manzil! Bu azoblar, bu xorliklar birato‘la barham 
topgusi. Birgina harakat kifoya, bir necha nafas kifoya. Yana ikki-uch kunmi, ikki-uch 
haftami azoblanib yashamoqdan ko‘ra, hoziroq o‘lim topgani yaxshi emasmi! 
O, g‘ofil banda! U dunyoda bu yerdagidan yuz, balki ming chandon ortiqroq azob 
hozirlab qo‘yilganini fahm etsami, o‘limga bu qadar intilmasmi edi... 
Hozir esa... so‘nggi najot yo‘li unga afzal ko‘rinaverdi. Endi fahmi yetganicha o‘limning 
tez va oson turini izlay boshladi. Nima qilsin: shu qo‘lidagi bolta bilan peshonasiga 
qarsillatib bir ursinmi? Miyasining qatig‘ini o‘ynatib yuborsinmi? Shu fikrda boltaning 
tig‘iga qaradi. Beixtiyor ravishda tig‘ ustiga barmog‘ini qo‘ydi. Tig‘ nazarida o‘tmas bo‘lib 
tuyuldi: bolta urish fikridan qaytdi. O‘zini osish, tomirini kesish... barchasi og‘ir tuyuldi. 
Shu asnoda peshinga qadar g‘imirlab yurdi. «Bu ko‘rguliklardan ko‘ra o‘lganim ming 
marta yaxshi», degan to‘xtamga keldi-yu, ammo o‘zini o‘ldirmoqqa kuch topa olmadi. 
Peshindan keyin esa... Pachoqburun paydo bo‘lib, uni ovloqqa boshladi. Tursunali qor 
yuzasidagi bir tomonga qarab ketgan izlarni ko‘rib, ko‘pchilik o‘tganini fahmladi. Biroq 
«ko‘pchilik taqdirimni qanday hal etar ekan?» degan jumboqqa javob topa olmadi. 
Butazor oralab ancha ichkarilashgach, sayhonlikka chiqishdi. Tursunali bu yerning qatl 
maydonchasi ekanini keyinroq bildi. 
Ustidagi paxtaligi yechib tashlangan Murik ko‘ylakchan holda maydoncha o‘rtasida 
turardi. Ikki oyog‘ining to‘pig‘idan bog‘langan arqon uchlarini ikki yigit mahkam 
tutganicha tarang tortgan edi. Murikning orqa tomonidan Koshak, ro‘parasidan Tengiz, 
sal naridan esa Qo‘tos joy olishgan edi. Uchovlari maydonchada paydo bo‘lgan 
Tursunaliga oldinma keyin qarab qo‘yishdi. 
— Sen o‘zingni burgut deb o‘ylovmiding? — dedi Tengiz Murikka yuzlanib. — Ana, 
changal solmoqchi bo‘lgan o‘ljang keldi. Murikjan, seni kim o‘g‘rilar oilasiga tavsiya 
etgan, kim qabul qilgan, bilmay- man-u, ammo unisi ham, bunisi ham o‘zingdan battar 
ahmaq ekaniga yuz foiz ishonaman. O‘g‘ri degan sal aqlliroq bo‘lishi kerak. Bu yerlarning 
xo‘jayinlari bizlar ekanimizni yaxshi bilarding, a? Bilib turib bizning yerlarda ov qilmoqchi 
bo‘ldingmi? «Bular bir laqma, og‘ziga pashsha qo‘ndirib yotishadi», deb o‘yladingmi? 
Umuman fikringda jon bor. Men laqma bo‘lsam kerak. Koshak, sen-chi? Sen ham 
laqmamisan? 
Koshak xoxollar tushunishi mumkin bo‘lgan tarzda bir so‘kindi-da, Murikning 
gardaniga musht tushirdi. Oyoqlari bog‘langan Murik uchun ana shu zarbaning o‘zi 
kifoya qildi — yuztuban yiqilib bir necha daqiqa harakatsiz yotdi. 
— Suzishni bilmasang nima qilarding o‘rdak ovlab. Qani, tur, tuqqan xotindek 
yalpayib yotma. 
Murikning bu yotishi ayyorlik chegarasidan narida edi. Bundan oldingi mushtlarning 
zarbalari qo‘shib hisoblansa, uning ahvoliga achinish ham mumkin. Ne afsuskim, mazkur 
olam ongidan odam joniga achinish, ayash kabi tushunchalar o‘chirib tashlangan. Alhol, 
Murikning holiga achinmoq ham noo‘rindir. Chunki «qaytar dunyo» deganlar-ku! 
Murik qorga yuzini bosib, picha orom oldi. Tengizning gaplari qulog‘iga kirguniga 
qadar davom etgan bir necha lahza tanga ozgina rohat bersa-da, ruhi azobdan 
chirqirayverdi. U Gogikning taklifiga uchgan onlarini eslab, uni ham, o‘zini ham 
la’natladi. Gobelyan nima uchun Gogikni bu ishga jo‘natmaganini Koshakning birinchi 
mushtidan keyinoq tushunib yetdi. Hammasini o‘ylagan edi, reja qilgan edi. O‘g‘rilar 
nafratiga uchrashi aniqligini ham bilgan edi. Faqatgina jazoning bu qadar tez kelishi va 
og‘ir bo‘lishini hisobga olmagan edi. 
Yana picha orom olish maqsadida o‘rnidan qimirlamagach, tovonidan tepki yedi. 
Shundan so‘nggina qaddini ko‘tara boshladi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish