Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
Hazratimni ham shular badnom qildilar. Bularsiz o‘rus hech nimaga erisha olmas edi. 
Ig‘vogarlar turk sultonidan deb yolg‘on maktub to‘qidilar. Hazrat eshon bunga inonib 
bemavrid jihodga qo‘zg‘oldilar. O‘zing o‘yla-chi, qurol-yarog‘siz ham jihodga chiqadimi 
kishi? Bobomning yo‘llarini otam davom ettirdilar. Madaminbekka qo‘shilib ikki yil jang 
qildilar. Bunda ham o‘ruslarga ig‘vo ish berdi. Amiral-musliminning muborak boshlarini 
o‘z birodarlari uzishdi... Shundan so‘ng yurtdan quvildik. Qashqarda makon topdik. 
O‘rusning bolshevigi Qashqarga yetib keldi. Biz esa, bu yerlarga panoh izlab keldik. Endi 
o‘rus bu yerlarda urush qo‘zg‘adi. Ko‘pchiligimiz tinchlik istagida Turkiyaga yoxud 
Saudiyga jo‘nashdi. Men qoldim. Jihod istab qoldim. O‘rusdan qachongacha qochamiz? 
Yo hayot, yo mamot! Seni duo qilaman bo‘tam, yurtga omon-eson qaytib bor. Qaytib 
borginu jaholatda yumuq bo‘lmish ko‘zlaringni och! Do‘stlaringni ham uy-g‘ot! Vatanda 
bevatan yashama. Vatan bog‘ini quritma. Inson o‘z qoni ila sug‘orib bo‘lsa-da, Vatan deb 
atalmish muazzam bog‘ning qurimog‘iga yo‘l qo‘ymasligi lozim, unutma! Millat xasta, 
o‘g‘lonlar esa tabibdurlar!» 
Shu so‘zlarni ayta turib xuddi nafasi siqilganday chuqur tin olgan edi. So‘ng ovozini 
pastlatgani holda bir bayt o‘qib edi: 
«Marizing bir tarafdin, bir tarafdin xorsan — millat, 
Badandan doimo qon oldurar bemorsan — millat...»
10
 
Bolalikda she’r yodlashga uquvi durust bo‘lgan Nuriddin bir eshitishdayoq bu baytni 
eslab qolgan, so‘ng mag‘zini chaqmoq uchun tez-tez takrorlashni odat qilgan edi. 
Darbadarning tunlari uyg‘otib behalavot qilg‘uvchi, savol alomati muhrlangan ko‘zlari 
bilan shularni gaplashadi. Hibsxonadagi qisqa suhbat takrorlanaveradi. 
Darbadar duo qildi. Lekin yurtga qaytish baxti Nuriddinga nasib etmadi. Bir qishloqqa 
hujum qilishganida chiday olmadi. Xonadondagi himoyasiz ayollar, bolalarni otayotgan 
sherigining boshiga qo‘ndoq bilan urdi. So‘ng avtomatning barcha o‘qlarini uning 
ko‘ksiga bo‘shatdi. 
Darbadarning umidi jasadi bilan birgalikda ko‘mildi — jaholat, g‘aflat uyqusidan 
uyg‘onish, qullik tamg‘asidan qutulishi zarur bo‘lgan yigit Sibiriyaning ovloq yerlarida 
qandaydir odamlarga choy damlab, xizmat qilib yuribdi. O‘sha tun uyg‘onib, 
Darbadarning ko‘zlariga ro‘para bo‘lganida shularni aytib: 
«Siz g‘aflatdan uyg‘on, dedingiz. Qanday uyg‘onishni esa aytmadingiz». 
«Xudo senga aql, zehn bergan. O‘yla, yo‘lni top». 
«Men bunaqa joylarda nima qilay endi?» 
«Sen bu joylarda ozodlikning qadriga yetasan». 
«Men bular bilan birga bo‘lishni istamayman». 
«Bularning millati yo‘q. Sen millatsiz odamlar bilan birga bo‘lib, millatni qadrlashni 
o‘rganasan...» 
Nuriddin odati bo‘yicha Darbadarning ko‘zlariga qarab ko‘p savollar berdi. Lekin javob 
ololmadi. Chunki u Darbadarning ko‘zi bilan emas, balki o‘zi bilan o‘zi gaplashardi. Uning 
ongi esa ko‘p savollarga javob topmoqqa ojiz edi. 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish