Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
o‘ylashmas edi. Har kuni o‘nlab qora temir tobutlar selining oqib kelayotganini ular 
bilmasdilar. 
Nuriddin esa, «Nima bo‘lsa, peshonamdan ko‘rdim», deb o‘zini taqdir yozug‘i 
ixtiyoriga bergan edi. U jang-gohda yetti uxlab tushida ko‘rmagan fojialarga duch keldi. 
Dastlab «bu vahshiyliklarni ko‘raverib jinni bo‘lib qolsam kerak», deb o‘yladi. Yo‘q, 
aqldan ozmadi, aksincha, diydasi qotib bordi. U afg‘onlarning nima uchun 
urushayotganini tushunmas edi. Uning uchun bir narsa aniq — qarshisidagi dushman! 
Sen otmasang, u seni o‘ldiradi. Chunki u uchun sen dushmansan! Bu dunyo-da yashab 
qolmoq uchun ham qarshingdagini o‘ldirishing shart. «Baynalminal burch», «Afg‘oniston 
ozodligi», degan tushunchalar minginchi darajadagi masala edi. Ajal o‘qlari yog‘ilib, 
faqat o‘z joning ko‘zga ko‘rinib turgan onda faqat aqldan ozgan odamgina bunday burch 
haqida o‘ylashi mumkin. «Qarshimdagi dushman emas, musulmon birodarlarim. O‘z 
uyini, molu jonini himoya qilgan odam nima uchun dushman bo‘lar ekan?» degan 
tushuncha ham Nuriddinga yot edi. Qadimda Xuroson deb atalmish bu yurtni bobolar bir 
tomondan ingliz, shimoldan esa o‘rus hamlasidan himoya qilib jon berganlarini ham 
bilmas edi. O‘rusga qarshi jihodda jon berganlarning avlodlari endi o‘rusga sherik bo‘lib 
jon olsa... Bobolar o‘rusga Xurosonni bermagan edilar. O‘rus Termiz bilan Ko‘shkdan nari 
o‘ta olmagandi. Nuriddin bularni ham bilmas edi. Bilganda-chi? Bilganda nima qila olar 
edi? «Bobolarim yurtiga qarab o‘q otmayman» desa, «Mayli uka, siz uyingizga qayta 
qoling, bu yog‘ini o‘zimiz eplashtiramiz», deyisharmidi? Be, insof qilishsa «xizmatdan 
bo‘yin tovlash» deb qamashardi. Rahm qilishmasa shartta otib tashlashardi — vassalom! 
Nuriddin o‘zini Darbadar deb atagan qariya bilan uchragunicha aqlsiz go‘dak kabi edi. 
Darbadar otilganidan beri oradan to‘rt yildan oshiqroq vaqt o‘tdi. Qariyani otish uchun 
besh kishi chiqishdi. «Otilsin!» deb buyruq berildi. U ham beixtiyor tepkini bosdi. 
Mo‘ljalga olmadi. Balki o‘qi xato ketgandir, qariyaga tegmagandir? 
O‘q otilmay turib qariya unga qarab jilmayib qo‘ydi. Nega jilmaydi ekan? «Men 
Vatanning bir bo‘lagiman, sen Vatanga qarab o‘q uzmaysan, a?» demoqchi bo‘ldimi? Yo 
«Ana, aytmovmidim, qul bo‘lganing uchun ham bularga qo‘shilib chiqding», 
demoqchimidi? Nuriddin bu jilmayishning ma’nosini uqishga ko‘p harakat qildi. Biroq, 
tayin bir xulosaga kela olmadi. Badani o‘qlardan ilma-teshik bo‘lgan Darbadar ko‘kragini 
changallab, yana Nuriddinga tikildi. Bu safar jilmaymadi. Yo‘q, yo‘q, ko‘zlari bir nuqtada 
qotdi: o‘tkir nigohiga savol alomati muhrlandi. Nuriddin bu qarashning ma’nosini ham 
uqmadi. 
O‘sha fojeadan keyingi tunlar Nuriddin uchun behalovat, azobli tunlarga aylandi. 
Darbadar o‘sha savol alomati muhrlangan nigohi bilan har tun uni ta’qib etadigan bo‘ldi. 
Asirlar saqlanadigan hibsxonada Darbadardan bo‘lak hech kim yo‘q edi. Nuriddin 
hibsxonani qo‘riqlash uchun navbatni qabul qilganida bundan keyingi hayoti alg‘ov-
dalg‘ov bo‘lib ketishini o‘ylamagan ham edi. Avvaliga «gapirish mumkin emas», deb 
ogohlantirdi. Darbadar «Sen gapirma, eshit», deb so‘zlayverdi. Xuddi tarix o‘qituvchisi 
dars o‘tayotgandek edi. «O‘sha suhbatdan so‘ng yigitning ongi o‘zgardi, vatanparvarga 
aylandi», desak lofga o‘rin bergan bo‘lamiz. 
Vatanni bir martagina bo‘lsa ham ko‘rishga zor ko‘zlar jon taslim qilinganidan so‘ng 
ham yumulma-gan edi. Ana shu ko‘zlar tunlari Nuriddinni uyg‘otardi... 
«Qo‘lingni uzat, bo‘tam, qo‘rqma, kaftingni bir hidlay, undan Vatan hidi kelsa ajab 
emas. Imkonim bo‘lsa edi, seni bir quchar edim. Axir sen Vatanimning bir zarrasisan. 
Men ham bir bo‘lagiman. Taqdir o‘yinini qaragina — Vatan ikkiga ayrilmish — biri 
qafasda, biri esa, qullikda». 
«Men qul emasman». 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish