Javlon jovliyev "QO'rqma" asarini o'qib asaxiy uz



Download 13,65 Kb.
Sana06.01.2022
Hajmi13,65 Kb.
#323975
Bog'liq
Hujjat (4)


JAVLON JOVLIYEV "QO'RQMA" asarini o'qib asaxiy.uz

Kitobni ilk bor qo'limga olar ekanman asar nomi e'tiborimni tortdi. Nima uchun "Qo'rqma"? Nimadan yoki kimdan qo'rqmaslik kerak?

Kitobni o'qishni boshlaganimda asar ilk sahifalarida menga yoqmaganday bo'ldi. Qandaydir boshqacha usulda yozilgan. Goh she'riy bayon etilsa, goh nasriy. Voqealar rivoji ham ba'zan hozirgi zamondagi talabalar hayotidan, ba'zan esa bir asr oldingi o'tmish voqealari, yana ba'zan oddiygina qishloq hayoti. Lekin asarning asl g'oyasini bilish istagi bilan kitobni o'qishda davom etdim.

Kitobni o'qir ekansiz tinmay o'zingizni savollar bilan ko'mib tashlaysiz? "Nima uchun yashayabman?", "Nima uchun o'qiyabman?". Savollar ketma-ket kelaveradi. Lekin "Barcha-barchasi millat uchun, xalqim uchun, Vatanim uchun"- deya olasizmi? Afsuski bunday javob hammaning hayoliga ham kelavermaydi. "O'zim uchun o'qiyman" deya javob beramiz.

Nima uchun bundan 100 yil oldin yashagan talaba yigit-qizlar "Millat uchun Olmoniyada o'qiymiz, qaytib kelib millatimizni ma'rifatli qilamiz" deb qo'rqmasdan ayta olishgan? Nima uchun o'lishlarini, otilishlarini bilsalar ham Vatanlariga qaytdilar? Nima uchun ular haq gapni, shaxsiy fikrlarini aytishdan qo'rqmadilar? Chunki ular uchun "O'limdir millating o'layotganda tirik qolish! O'limdir qochish, haqiqatga tik boqmaslik, avlodlar bilimli bo'lishi uchun kurashmaslik".

Nima uchun hozirgi yoshlar ular kabi shaxsiy fikrini aytishga qo'rqadi? Nima uchun ulardek bilim olishdan qo'rqadi? Nima uchun ajdolariga mos avlod bo'la olmaydi? Nima uchun asarda ko'rsatilganidik bizda korrupsiya in qurgan?

O'ylashimcha, bu tarbiyaga, muhitga, ota-onalarga, ayniqsa, onalarga bog'liq. Asarda hattoki qizlar ham Olmoniyaga ilm olish uchun, ma'rifat uchun boradilar. Hozirgi kunda aksariyat qizlar ya'ni mana shu millatning ma'rifatli yigitlarining bo'lajak onalari shaxsiy fikrlarini ham aytolmaydilar, dunyoqarashi tor, oliy ta'limni olmagan, kitobni qo'liga ham ushlamaydigan uy bekalari. Albatta bunday onalar qanday qilib qo'rqmaydigan farzandlarni tarbiyalay oladilar? Xullas, bilim bilan, ma'rifat bilan qo'rqmaslik mumkin.

"Har yili minglab talabalar o'qishni tugatadi.

Ammo ularning ko'ksini yorib ko'rsangiz, faqat ichak borday, uzun ichak... "Yeyman, yeyman, yeyman", — deb qo'lni tirnab, tishlaydigan kattakon ichak va tishlar..."

"Qo'rqma" ning shu yeri men bilan ingliz tili kurslarida qatnashib yurgan uchta "Oliy" ma'lumotli ingliz tili o'qituvchisini, oxirgi marta qachon badiiy kitob o'qiganini eslay olmaydigan "ona tili va adabiyotchi"larni, tabeliga birorta ham "4" tushirmagan, lekin ingliz tilidan rus tilini ajrata olmaydigan jiyanimni shu ko'yga solgan MAKTABni bir-bir eslatdi.

Kitobda ta'limdan asl maqsad nima bo'lishi kerakligi va, umuman, ta'lim, o'zi, nima ekanligi haqida gap ketyapti. Har bir jumla, har bir gapda jadidona ruhni sezyapman.

Achchiq alam va chuqur mushohada bilan yozilibdi.

Xullas, ushbu kitobni o'qib o'zingizga motivatsiya olasiz. Zero, vafot etgan o'sha 70 talabalar bizning oramizda hamon yashamoqda. Bu hozirgi yoshlar, hozirgi talabalar...
Download 13,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish