Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
evlolmasidi. Ichdimi, tamom, ishkalning uyasini kavlardi-da. Qattiq urganidan singlim 
bechoraning ichagi uzilib ketibdi. Do‘xtir shunaqa degan. 
— Qamalishining sababi boshqa-ku? 
— Ha-da, biz da’vo qilmadik-da. O‘shanda bir nima deb qo‘ysak umri qamoqda 
chirirdi. Shu Nafisani debla uni ayadik. Aslida Toshbolta o‘shanda tuhmat bilan ketdi, 
Xudoning urgani shu, shuning o‘zi yetarli, dedik. Ayamasdan ottirvorsak bo‘larkan. Yo‘q 
bo‘lib ketovursa Nafisaning boshiga bu balolar ham yog‘ilmasidi. 
— Nega? 
— Nega bo‘lardi? O‘zim tarbiya qilardim. Shu qishloqlik quling o‘rgulsin yigitga erga 
berardim. Shaharga yubormasidim. E, endi gapirganning foydasi yo‘q, — Yigitali 
shunday deb qo‘l siltadi. 
— Toshbolta akani tuhmat bilan ketgan dedingizmi? 
— Ha-da, u traxtorini to‘g‘ri yo‘ldan haydab borgan. «Jiguli»dagi xunasaning o‘zi kelib 
unga urilgan. U ham mast bo‘g‘on-da. Omma-lekigin uning puli bor edi. Ishni teskari qib 
yubordi, qiztaloq. Buni ko‘rgan guvohlar bor edi-ku, omma-lekigin bir nima deyishga 
qo‘rqishdi. Menga aytishdi. Men nima, prokurormidimki, bir nima qila olsam. 
Peshonasida qamalish bor ekan, ketvordi. Yanayam oson qutuldi. Omma-lekigin orada 
qiziga javr bo‘ldi. Singlim ham ketdi, jiyanim ham ketdi, hech kim qolmadi... — Yigitali 
shunday deb uf tortdi-da, kaftiga bir chimdim nos to‘kib, so‘ng tilining tagiga tashlab, 
bosh chayqab qo‘ydi. 
— Jiyaningizning... dushmanlari bormidi? 
— Iya, gapingiz qiziq, xotin kishida ham dushman bo‘lami? 
— Bo‘lmaydi, deb o‘ylaysizmi? 
— Bo‘lar-ku, omma-lekigin o‘ldirib ketadag‘on dushmani bo‘lmasov. 
— Unda kim o‘ldirishi mumkin? 
— Shunisini bilmayman, uka, — Yigitali g‘o‘diranib nosni tupurdi-da, mo‘ylovini silab 
qo‘ydi. — Men bundaqa gaplarni biladag‘on prokuror emasman. Mening bilganim — kuni 
bitgan ekan, shunaqa o‘lim topibdi. Hammamiz birin-sirin o‘lib ketovramiz, dunyo esa 
orqamizda qolovradi. 
— Jiyaningiz avvalgi sovxoz direktori bilan yaqin bo‘lgan ekan, shuni siz bilarmidingiz? 
— Kim aytdi? Toshboltanikiga boruvdingizmi? Ha... unda ashi shaytonning 
urg‘ochisidan eshitgansiz. Bekorlarni aytibdi u shilta! Bizdi urug‘dan bunaqasi 
chiqmagan! — Yigitali shunday deb shart o‘rnidan turdi-da, xuddi to‘nning etagini 
qoqayotgandek soniga urib qo‘ydi. Omonullo uning bu holatidan ajablanmadi. Jiyanining 
axloqi xususida bunday noxush gap eshitgan har qanday tog‘aning g‘azablanishi tabiiy. 
Tag‘in ham Omonullo «yaqin bo‘lgan ekan», deb pardalab aytdi, agar «o‘ynashi ekan», 
degandami, bu chapanisifat odam qay holga tushardiykin? Yon-atrofdagilarga so‘z 
bermay yuruvchi erkak nomussizlik ko‘lankasida qolguday bo‘lsa chidashi nihoyatda 
qiyin. Jiyanining, hatto o‘z farzandining o‘limiga chidar, «taqdir ekan», deb o‘zini 
yupatar, ammo nomussizlik tamg‘asini ko‘tarishga har qanday baquvvat bel ham 
chidamas. Yigitali jiyanining qadam olishini bilmasdi emas, bilar edi. Ular yashayotgan 
sovxoz dunyoning narigi chekkasida bo‘lsa ekanki, gap-so‘z yetib kelmasa. Unda birov 
aksirib yuborsa, yonidagi «sog‘ bo‘ling», deyishga ulgurmay aks-sadosi qishloqqa yetib 
keladi. Yigitali bir eshitganida indamadi — «g‘iybat gap», deb o‘zini tiydi, ikkinchisiga 
chidadi. Uchinchisida borib jiyaniga indamadi-ku, ammo Toshboltani yoqasidan oldi. 
Tuprog‘i ko‘pchib yotgan ko‘chada og‘zi-burnini qora qonga belab urdi ham, yumalatib 
tepdi ham. Xumordan-ku chiqmadi-ya, lekin «endi tiyilar», deb umid qildi. Semirib 
ketgan qo‘chqorni homilador gumon qilib tug‘ib berishini kutgan odam qanchalar laqma 
bo‘lsa, Yigitali ham bu sohada nodon edi: shiraga o‘rgangan pashshani yaxshilik bilan 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish