Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
ham ko‘p bo‘lardi. Bu qamoq lageriga kelib, «taxt»ga o‘tirgan onida Pachoqburunni «xos 
nav-karlik»ka tavsiya etayotgan Qo‘tos «o‘zi bikovatiy bo‘lgani bilan ishimizga sadoqati 
zo‘r», deb ta’riflagan edi. Tengiz ta’rifning ikkinchi qismini qo‘yib, birinchi bo‘lagiga 
e’tiborini qaratgan edi. Ba’zan shunday to‘nkaga ro‘para bo‘lgani uchun taqdiridan nolib 
qolardi. Ammo tur desa turib, o‘ldir, desa o‘ldirib keluvchi odamning ong darajasi 
bundan ortiq bo‘lmasligini bilgani uchun ham chidar edi. 
Pachoqburunning hozir ro‘paraga kelib o‘tirishi yoqmadi, g‘ashiga tegdi. 
— Sen juchok
16
larga tayinla, bundan uzoqroq yurishsin. Ammo har bir qadamini 
kuzatishsin. Aytib qo‘y, kim bunga yaqinlashsa, tramvayga qo‘yiladi. 
— Xo‘p, — dedi Pachoqburun mutelik bilan. 
— Gapimni eshitdingmi?! — dedi Tengiz zardali ohangda. 
— Eshitdim. Hammasiga aytaman. 
— Eshitgan bo‘lsang, tuxum bosib o‘tirmay, tur o‘rningdan! 
Pachoqburun kelib o‘tirgani xojasiga yoqmaganini anglab, o‘rnidan turdi-da, barak 
tomon yurdi. Ostona hatlay deganda orqadan ovoz keldi: 
— Menga Hamzatni topib kel! 
Amrga itoat etmoqqa odatlangan Pachoqburun ostona hatlamay, yelkasidagi 
paxtaligini kiydi-da, daraxt kesayotganlar tomon yurdi. Daraxt arralayotgan Nuriddinga 
yaqinlashib, odatiga xilof qilmagan tarzda «Bu yoqqa yur», deb to‘ng‘illadi-yu, iziga 
qaytdi. U amrga so‘zsiz itoat etilmog‘iga ishongani uchun ham «kelyaptimikin?» degan 
xayolda orqasiga qarab ham qo‘ymadi. Pachoqburunning kim ekanini yaxshi bilgan 
nazoratchi arrani qo‘yib, unga ergashgan Nuriddindan «qayoqqa ketyapsan?» deb 
so‘ramadi ham. 
Nuriddin gulxanga yaqinlashib, salom berdi. Tengiz salomga alik olgach, ro‘paradagi 
g‘o‘lacha tomon imlab «o‘tir», dedi. Nuriddin o‘tirgach, kosovning uchi bilan cho‘g‘ni 
titib, orasidagi kartoshkani u tomon surdi. Bittasini o‘zi olib, sovutish uchun u kaftidan 
bu kaftiga otib o‘ynadi. 
— Musulmonlarning afzal tomoni nimada, bilasanmi? — deb so‘radi u kartoshka 
po‘stlog‘ini archayotib. 
Nuriddin «bilmayman, o‘zingiz ayta qoling», deganday unga qarab, yelka qisib qo‘ydi. 
— Afzalligi shundaki, musulmon hamisha boshqalarga yaxshilik tilaydi. Mana, sen 
menga sog‘lik tilab yaqinlashding. Men esam senga sihatlik bilan birga Ollohning 
rahmatini so‘radim. «Bu o‘g‘ri bunaqa gaplarni qaerdan biladi?» deb hayron 
bo‘lyapsanmi? Men bobomdan eshitganman bu gaplarni. Mening fojiam nimada, 
bilasanmi? Chin musulmon bo‘la olmaganimda. Bobomning chizig‘idan chiqmaganimda 
bu yerda kartoshka yeb o‘tirmas edim. 
— Endi afsuslanyapsizmi? 
— Afsuslanishimdan foyda yo‘q. Bu ham dunyoning bir sinovi-da. O‘lmasam yana 
Xudoni tanish yo‘liga o‘tarman. Lekin... unda kech bo‘lib qolishi mumkin. Fir’avnni 
eshitganmisan? 
Nuriddin «yo‘q» deb bosh chayqadi. 
— Ha, eshitmagansan. Qadimda Misr podshosi bo‘lgan. O‘zini Xudo deb bilgan ekan. 
O‘sha ahmoq Muso payg‘ambarni quvib borayotganida suvga cho‘kkan ekan. O‘layotib 
«bo‘ldi, Xudoni tanidim», deganida Xudo ham «Endi kech!» degan ekan. Bu juda kuchli 
falsafa, Hamzat! Hayotda kechikmaslik muhim, juda muhim! 
— Kechikmaslik uchun hozirdan boshlasangiz-chi? 
                                                                                                               
15
 «Aqlsiz, to‘nka» degani. 
16
 Yosh o‘g‘rilar. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish