Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
158
— Bekor aytibsan! Senga sariq chaqa ham bermayman, — dedi Koshak. 
Shu tarzda savdolashib, boylikning to‘rtdan biri Tengizga beriladigan bo‘lgach, sir 
oshkor etildi. 
Koshak hibsxonadan quvongan holda chiqib, Tur-sunalini siquvga oldi: hali kaltak 
zarbalaridan to‘la tuzalmagan, bitta chertgulik holi bor odamni he yo‘q, be yo‘q bo‘yniga 
chilvir tashlab bo‘g‘di. Tursunali bilan Tengizning gaplari bir yerdan chiqqach, Koshak 
mamnun jilmaydi. 
Tengiz qachonlardir shunday bo‘lishini bilgani uchun, boshqalarni chalg‘itish 
maqsadida Tursunalini pishitib qo‘ygan edi. «Murik»ka aytilgan joyda boylik bo‘lmasa-
da, boylikka mo‘ljallangan o‘ra mavjud edi. Keyin aytilgan yerda esa o‘shanday o‘ra ham 
yo‘q edi. 
To‘g‘ri yo‘ldan borayotgan odam qoqilsa, nari borsa yiqilib, biron yeri lat yeydi. 
Ularning yo‘lidagi kimsa toygudek bo‘lsa yiqilmaydi, peshonasi g‘urra bo‘lmaydi — jonini 
berib qo‘ya qoladi. Bu yo‘lda ochiq ko‘z bilan, teran fikr bilan yurishga odatlangan Tengiz 
Koshakning qilig‘idan hayratga ham tushmadi, g‘azablanmadi ham. U chap kuragi ostiga 
pichoqni begona emas, o‘zining «birodar»
28
laridan biri sanchishini kutib yashardi. Bir 
kunmas bir kun ramziy ma’nodami yoki chin ma’nodami shunday bo‘lishiga ishonchi 
komil edi. Faqat aniq vaqtini bilmasdi. Koshakning hozirgi harakati o‘sha ramziy 
ma’nodagi pichoq sanchish edi. Ramziy ma’no bilan chin ma’no orasi esa uzoq emas— 
qilcha bo‘lsa bordir. Roviylar derlarki, «Ollohning sherigi bor», deyishdan saqlanuvchilar 
hech qachon bir-birlariga dushman bo‘lmaslar». Tangrini tanimagan inson do‘stni 
taniydi, deb ishonuvchi odam yerga ekilgan tosh yomg‘ir yog‘ishi natijasida ko‘karib 
chiqdi, degan gapga ham ishonishi kerak bo‘ladi. Birodarlik — bir-birlariga sadoqat 
asosiga qurilgani bilan, vaqti kelsa zulm oloviga ko‘mishdan ham qaytilmasligini Tengiz 
bilmaydi, deysizmi? 
Tengiz Koshakning pattasini qo‘liga berib yuborgach, o‘zining taqdirini o‘ylay boshladi. 
O‘g‘rilar qonuniga sodiq qolib moskvalik yigitga rad javobini aytsa boshi uzra 
to‘planayotgan abri balo o‘t yog‘dirib uni mahv etmog‘i tayin. «Hech narsadan 
qo‘rqmayman», deb kerilib yuruvchi har bir birodari kabi Tengiz ham bir narsadan — 
o‘limdan qo‘rqardi. Ular o‘lim ostonasidagi tan azoblaridan emas, dunyoni, uning ishvali 
hayotini erta tashlab ketayotganlaridan qo‘rqishardi. Do‘stlari kabi Tengiz ham «o‘lim — 
g‘am-tashvishli hodisa emas, o‘lim — nikoh kechasidir», deguvchi naqldan benasib edi. 
Oxirat va abadiy hayot nima ekanini bilgani bilan amal qilmovchi Tengiz uchun o‘limning 
munis bo‘lmog‘i amri mahol edi. «O‘lim — Haqni sevganlar uchun to‘y va bayram, nafsni 
sevganlar uchun esa g‘am-alamdir», deyilganda Tengiz kabilar nazarda tutilganmikin? 
O‘limni beadad g‘am-alam deb fikr qiluvchi Tengiz hayotni arzon-garovga pullashni 
istamadi. Moskvalik yigit kirganida bir oz gapni chuvalagan bo‘ldi-da, bitta shart qo‘ydi: 
— Vazifani bajarganimdan keyin yana qamoqqa qaytarasiz. Muddatim oxirlab, 
ozodlikka chiqqanimdan keyin chet elga ketaman. 
Yigit bu gapni eshitib, ma’noli jilmaydi: 
— Knyazlarga xos fikr yuritdingiz, Knyaz. Men sizdan aynan shunday javob kutgan 
edim. Endi Knyaz, ishga dahlsiz bir savol so‘ramoqchiman, o‘zim uchun bilishni istadim: 
nima uchun hamkorlikka rozi bo‘ldingiz? Qo‘rqdingizmi? 
— Qo‘rqdim?.. Yo‘q. Savolingizga javob oddiy — bu ishni men qilmasam boshqalar 
qilishadi. Men to‘g‘on emasman, oqar suv bo‘lganim durust.  
Bu yolg‘on gap Tengizning o‘ziga ham ma’qul kelib, jilmaydi. 
                               
28
 Ularning tilida «Bratva» deyish rasm bo‘lgan. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish