Shuningdek, osmon jismlarining harakatini kuzatdi.
Galileo Galiley o‘z tadqiqotlariga tayangan holda Arastuning Koinot tuzilishi va
mexanik holatiga doir ta’limoti xato ekanini ma’lum qildi. Dorilfunun o‘qituvchilari va din
peshvolari uning bu fikriga qarshi chiqishdi. Oqibatda olim Pizani tark etishga majbur
bo‘ldi.
Galiley 1592-1610 yillarda Paduan dorilfununining riyoziyot kafedrasida ishladi.
Olim 1609 yilda teleskopni ixtiro qildi. Bu ilk teleskop orqali osmon jismlarini 30
baravar kattalikda ko‘rish mumkin edi.
Olim 1610 yildan Florentsiya gertsogi saroyida xizmat qila boshladi.
Galiley Oydagi kraterlar va tog‘ tizmalarini aniqladi. Mushtariyning yo‘ldoshi,
Quyoshdagi dog‘lar, Zuhra sayyorasi fazalari, Zuhalning halqalarini kashf etdi.
1633 yilda ruhoniylar Galileyning «Olamning ikki tizimi haqidagi suhbatlar» nomli
asarini muhokama qilib, unda ilgari surilgan ilmiy fikrlarni (Yerning Quyosh atrofida
aylanishi, Quyoshning esa tinch turishi) rad etdilar. Rim papasi Galiley ustidan sud olib
borish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Yoshi 70 ni qoralab qolgan xasta Galileyni Rimga
keltirib, zo‘rlik bilan sayyoralar olamiga oid fikrlaridan voz kechishga majbur qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |